Yog’li sochlar uchun niqob. Sochni parvarish qilayotganda avvalo sochning xususiyatlariga e’tibor qaratish kerak, yog’li sochlar parvarishi uchun ko’k choyli damlama ishlatasiz. Bunday damlamaga ko’k choy, limon sharbati va spirt kerak bo’ladi. Choyli qaynoq suvga achchiq qilib damlang. Ustidan bir choy qoshiq limon sharbati va yarim choy qoshiq spirt aralashtiring. Keyin bu aralashmani 1 litr iliq suvga aralashtirib, har safar soch yuvganingizdan keyin bu suyuqlik bilan chayib turasiz, bir haftadan keyin sochlardagi ijobiy o’zgarish seziladi.
Kuchsiz sochlar uchun niqob. Agar sochlaringiz kuchsiz bo’lsa ham choy yordam bera oladi. Buning uchun dalachoy, qichitqi o’t va achchiq qora choy damlamalaridan teng miqdorda olib, birlashtirasizda, iliq joyda 10 kun qoldirasiz. Har safar bosh yuvishdan oldin ushbu aralashmani sochning ildiziga surasiz. Bir necha soatdan keyin yuvib tashlaysiz.
Soch to’kilishiga qarshi damlama. Sochlar tezroq o’sishi va sog’lom bo’lishi uchun qora choy va rozmarindan tayyorlangan damlama ishlatsangiz bo’ladi. Bu damlamani tayyorlash uchun rozmarin qo’shib achchiq qora choy damlaysiz. Keyin uni yarim soat tindirib, ichidagi barg va shamalarni olib tashlang. Suvini har kuni bosh yuvishdan yarim soat oldin bosh terisiga surtasiz.
Kasal sochlar uchun niqob. Turli soch turmaklarida kimyoviy vositalarning ishlatilishi yoki kimyoviy bo’yoqlar bilan sochni bo’yagandan so’ng sochlar kasallanadi. Ularni tiklash uchun haftada kamida ikki marta mana shu niqobdan foydalansangiz bo’ladi. Buning uchun ko’k choy, shelfey, qichitqi o’t, moychechak va dushitsa o’simligining barglarini bitta idishga solib, ustidan qaynoq suv quying. Yarim soat issiq joyda damlab qo’ygach, tindiring va bir bo’lak mo’g’orlagan qotgan nonni aralashtiring. Bo’tqasimon aralashma hosil bo’ladi. Bu niqobni soch ildiziga surib, boshga elim xalta kiyib, ustidan sochiq o’rab olasiz. Ikki soatdan keyin sochni shampun ishlatmasdan iliq suvda yuvib tashlang.