Tanqidsiz bir-birini anglash bo‘lmaydi, binobarin, birlik ham bo‘lmaydi.
F. ENGELS
Kasalni davolash uchun uni aniqlash, ochish kerak va bu eng qulay va to‘g‘ri yo‘l hisoblaiadi.
F. E. DZERJINSKIY
Illatning sababini topish — deyarli unga qarshi davoni topish degan so‘z.
V. G. BELINSKIY
O‘zingning emas, boshqalarning yanglishishiga toqat qilishing — buni harholda tushunish va qadrlash mumkin, lekin razillikka esa men toqat qilolmayman.
V. G. BELINSKIY
Har doim tinch va osoyishta bo‘l, har joyda shirin gapir va muloyim bo‘l, qarabsizki, vijdonsizlik, aldamchilik, nodonlik uchun keng yo‘l ochib berilibdi: hech kim uni fosh ham etmaydi, haqiqatning qudratli so‘zini aytadigan odam ham yo‘q.
V. G. BELINSKIY
Tanqid qonning yaxshi aylanishidir, usiz turg‘unlik va kasallikka chalinish muqarrar.
N. A. OSTROVSKIY
Tanqid yangilishishlikning, garchi inqilobiy bo‘lsa ham quruq gapning dushmanidir, ammo u haqiqatning eng muhim tayanchi. U haqiqatning onaizori va doyasidir; u haqiqatning rizq beruvchi do‘stidir. Haqiqat tanqid bilan tirik.
G. V. PLEXANOV
Biz kamchiliklarimizni ko‘rsatgan kishilardan minnatdor bo‘lishimiz kerak.
B. PASKAL
Eng buyuk daho ham o‘z barkamolligi va kamchiliklarini ko‘rsatuvchi tanqidga muhtoj.
N. A. BESTUJEV
Men umrim davomida ixlosmandlarimga qaraganda tanqidchi do‘stlarimdan, ayniqsa ularning tanqidi muloyim va do‘stona suxan bilan izhor etilganda, ko‘proq foyda olganman.
M. GANDI
Dono odam har doim o‘ziga hujum qilganlar tomonini oladi, chunki u o‘z kamchiliklarini tushunishda ulardan ham ko‘proq manfaatdordir.
R. EMERSON
Kamchiliklarimizni bilib olsak, endi ular bizga zarar keltirolmaydi.
G. LIXTENBERG
Bo‘yalmagan achchiq haqiqatning yuziga tik qaramoq uchun mard bo‘lmoq kerak.
V. I. LENIN
Illat bilan qat’iy kurash olib bormoq uchun uni qo‘rqmay tan ola bilish kerak.
V. I. LENIN
Chirigan, havo kirishi bilan to‘zonga aylanadigan Misr mo‘miyosiga o‘xshash odamgina tanqid tegishidan qo‘rqadi.
D. I. PISAREV
Chirigan narsaga qo‘l tekkizib bo‘lmaydi.
V. ShEKSPIR
…Agar biz hatto achchiq va og‘ir haqiqatni ham to‘ppa-to‘g‘ri aytishdan qo‘rqmasak, biz hamma narsani va harqanday qiyinchiliklarni yengishni o‘rganib olamiz, albatta va so‘zsiz o‘rganib olamiz.
V. I. LENIN
…Oshkoralik shunday bir tig‘ki, o‘zi yetkazgan jarohatni o‘zi davolaydi.
V. I. LENIN
Odamlarni aslida qanday bo‘lsalar o‘shandayligicha ko‘rsatish bilangina ularni tuzatish mumkin.
P. BOMARShE
Illatga qarshi kurashish kerak. Illatga chidab bo‘lmaydi. Illat bilan murosa qilish — o‘zini-o‘zi axloqsiz kishiga aylantirish demakdir.
V. A. SUXOMLINSKIY
Odamlarning ra’yiga qarshi o‘laroq, ularni qutqarish jur’atiga ega bo‘lish kerak.
R. ROLLAN
Odamga o‘zining kimligini ko‘rsatib bersangizgina u o‘zini yengil his etadi.
A. P. ChEXOV
Odamni qutqarish uchun uning jonini og‘ritish ham mumkin.
PUBLILIY SIR
Haqiqat rahmdillikdan baland turadi.
M. GORKIY
Haqiqatni gapirish — har kimga ham nasib etavermaydi!
M. GORKIY
Tanqid qilish huquqiga ega bo‘lish uchun biror-bir haqiqatga ishonish kerak.
M. GORKIY
Faqat sevgan odamgina koyish, pand berish huquqiga ega.
I. S. TURGENEV
Ishdagi xatoni topish — hali bu o‘sha ishning butkul noraso ekanligini isbotlash emas.
V. G. BELINSKIY
…To‘la tuzatilgan xatolarni alohida zarurat bo‘lmaganda ham eslayverish to‘g‘ri emas.
V. I. LENIN
O‘rnida aytilmagan haqiqat yolg‘ondan yomon, vaqtida ko‘tarilmagan masala faqat chalg‘itadi-yu, xalaqit beradi.
I. S. TURGENEV
Odamlarga haqiqatni aytishga o‘rganish uchun kishi o‘ziga haqiqatni aytishni o‘rganishi kerak.
L. N. TOLSTOY
Aqlning adashganligini qahru g‘azab bilan emas, olijanob ehtiros bilan ko‘rsatib berish zarur.
N. M. KARAMZIN
Tanqid yomonlikni qoralashi bilan birga, nima qilganda o‘sha yomonlik bo‘lmasligini ko‘rsatsagina samarali bo‘ladi.
L. N. TOLSTOY
Xatoni sezish uncha qiyni emas; bama’ni odamni ajratib turadigan xususiyat o‘sha xatodan tuzukroq yo‘l topib berishidir.
M.V.LOMONOSOV
Bunday qilma, deyish yetarli emas. Mana bunday qil, deb qo‘shib qo‘yish ham kerak.
M. GORKIY
Faqat inkor qilishni biladigan aql qashshoqlashib, oxiri quriydi.
I. S. TURGENEV
Hayhot, eng qiyini, uzoq yillar davomida har kuni mehnat qila bilish jasoratidir. Kamchiliklar haqida shovqin-suron ko‘tarish — buning uchun katta aqlning keragi yo‘q. Safsata va quruq gap haqiqatan ham nafratga loyiq. Gapdan ko‘ra ish qilish kerak.
V. A. SUXOMLINSKIY
Me’yoridan ortiq berilgan doridan naf bo‘lmagani singari adolat me’yori chegarasidan chiqqan dashnom va tanqiddan ham naf yo‘q.
A. ShOPENGAUER
Bilmay xato qilib qo‘ygan odamlarga uncha g‘azab sochmaslik kerak.
SOFOKL
Ba’zan sukut ham eng qattiq tanqid o‘rniga o‘tadi.
Ch. BAKSTON
O‘zgalarning ishi to‘g‘risida qattiq gapirgan odam o‘zining ishi ham boshqalarnikidan yaxshiroq bo‘lishini o‘z zimmasiga yuklaydi.
V. G. BELINSKIY
Biz ko‘pincha boshqalarning nuqsonini gapiramizu, lekin hammavaqt ham ulardan ibrat olib, o‘z kamchiliklarimizni to‘grilayvermaymiz.
F. LAROShFUKO
Boshqalarning kamchiligini ipidan-ignasigacha ko‘rib, o‘zinikiga e’tibor bermaslik yuzsizlikdir.
DEMOKRIT
Odam ayni o‘zini juda qattiq tanqid qilishi kerak, ayni o‘ziga eng qat’iy talab qo‘ymog‘i lozim, aks holda, to‘gri yo‘ldan toyib botqoqqa qulashi hech gap emas.
K. LIBKNEXT
O‘zgalar senga shafqatsiz bo‘lishini istamasang, o‘zing o‘zingga shafqatsiz bo‘l.
L. M. LEONOV
Yoshligingdan yaqin kishilaringning gunohini kechishga, o‘z gunohingni esa mutlaqo kechirmaslikka o‘rgan.
A. V. SUVOROV
Haq yo‘lida urilgan har bir zarba nafaqat bolg‘adek, ayni paytda bosqonga o‘xshab ham qattiq bo‘lishi kerak.
J. XOLLEND
Haqiqat ba’zan nafrat tug‘diradi.
TERENSIY
Haqiqatni yomon ko‘radigan odamlar uni dadil aytadiganlarni ham yomon ko‘radilar.
FELENON
Shunday odamlar borki, ularga har qanday to‘gri so‘z ham qanchalik muloyim aytilmasin, og‘ir botadi.
N. G. ChERNIShEVSKIY
O‘zlari haqidagi bor haqiqatni chin yurakdan egaitadigan odamlar kamdan-kam uchraydi.
F. LAROShFUKO
Yaramaslar, zulmkorlar, talonchilar hokimiyati uchun haqiqat hamisha xavflidir. Shuning uchun haqiqatni bostiradilar.
Yu. DEBS
Qabihlikni keltirib chiqaradigan sharoitlarga tegmay turib, haqiqat talab qilish, yomg‘ir yog‘ayotganda tosh yotqizilmagan ko‘chada loy bo‘lmasligini talab qilish bilan baravardir.
D. I. PISAREV