Gijjalar borligidan оgohlantiruvchi 4 belgi
Olimlarning fikricha, gijjalarning shunday turlari borki ular oshqozonda, hech qanday belgilarsiz 10 yillab ham yashay oladi. Ammo tanangizga o‘z vaqtida quloq solsangiz, buning oldini ololasiz va parazitlardan xalos bo‘lasiz.

1. Ko‘pincha o‘zingizni charchaganday, toliqqanday his etasiz. Taom qabul qilgandan so‘ng ham ochlik hissi so‘nmaydi. Safarga chiqsangiz, diareyadan aziyat chekasiz.
2. Tez-tez ovqatdan zaharlanasiz, ovqat hazm qilish tizimi esa sizni doim bezovta qiladi. Uxlashingiz qiyin, yarim kechasi uyg‘onib ketasiz.
3. Sizga temir moddasi tanqisligi tufayli kelib chiqqan kamqonlik tashxisini qo‘yishdi. Teringizda tushunarsiz dog‘lar, qizarishlar, qichishishlar paydo bo‘ldi.
4. Uxlayotganingizda tishlaringizni g‘ichirlatasiz. Bo‘g‘im va mushaklarda sababsiz og‘riqlarni his qilasiz. Ich qotishi va ich ketishidan qiynalasiz.
Zamin.uz