Qora sedananing shifobaxsh xususiyatlari
Qora sedananing shifobaxsh xususiyatlari qadimdan ma’lum bo‘lib, Sharq tabobatida undan keng foydalanilgan. Bu haqida buyuk tabib Ibn Sino shunday degan: “Sedana vujud energiyasini yaxshilaydi, kasalliklar sababli yo‘q bo‘lib ketgan bakteriyalarni tiklaydi”. Buyuk tabibning ushbu so‘zini bugungi tibbiyot tili bilan izohlasak, immunitetni mustahkamlash, kuch-quvvatni oshirish xususiyatiga ega. Ayni kunda koronavirus xavf solib turganida, immunitetni ko‘tarish orqali kayfiyatni yaxshilash katta ahamiyatga ega.
Insonning immuniteti mustahkam bo‘lsa, ruhan tetik bo‘lsa, dard yuqmaydi kasallik chekinadi.
Iste’mol qilish tartibi: Katta yoshli kishilar kuniga 1 choy qoshiqda 2 mahal, ertalab va kechqurun ovqatlangandan so‘ng, iliq suv bilan ichishadi. Bolalar esa yarim choy qoshig‘ida kuniga 2 mahal, ovqatlangandan so‘ng iliq suv bilan ichadilar.
Imom Muslim va Imom Buxoriy hadislarida ta’kidlanishicha, Muhammad sollallohu alayhi va sallam: “Qora sedanada o‘limdan boshqa hamma dardlarga davo bor”, deb marhamat qilganlar.
Qora sedana yog‘ining tibbiyotda urug‘i va yog‘i ishlatiladi. Qora sedana va uning yog‘i ko‘p kasalliklarning oldini olish va davolashda ajoyib vosita bo‘lib, nafas yo‘llari kasalliklari, shamollash va astmani davolashda ijobiy natija beradi, yo‘talni qoldiradi, Balg‘amni ko‘chirib tushiradi. Ovozni tiniqlashtiradi. Sedana yog‘iga limon sharbatini aralashtirib iste’mol qilish balg‘amning ko‘chishini yanada kuchaytiradi.
Sklerozni davolashda hamda organizmda paydo bo‘lgan har xil shish va o‘simtalarning so‘rilishiga yordam beradi. Bir qoshiq yanchilgan sedanaga bir bosh piyoz aralashtirib iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Buyrak va siydik pufagidagi toshlarni maydalash, peshob haydash xususiyatiga ham ega. Buning uchun qora sedana urug‘ini hovonchada yanchib, asal bilan aralashtirib iste’mol qilinadi.
Ona sutni ko‘paytiradi, Qon bosimini pasaytiradi, qandli diabetda ham koni foyda. Qondagi qand moddasini kamaytiradi, shu yo‘l bilan diabetdek xavfli kasallikka chalinishning oldini oladi.
Temiratki va boshqa teri kasalliklarida qora sedanani ezib sirka qo‘shib malham sifatida ishlatilsa yaxshi samara beradi.
Qaynatilgan sedana urug‘ini revmatizm va boshqa shamollash kasalliklarida kompress qilish ham yallig‘lanishni ketkazadi.
Dardni bergan Olloh shifosini ham o‘zi beradi. Shifo esa bilib ishlatilsa ona yurt ne’matlarining o‘zidadir.
Tibbiyot fanlari nomzodi Shoira BEKChANOVA tayyorladi.