Oʼtgan asrning elliginchi yillarida yaponiyalik xirurg birinchi marotaba xurrakni jarrohlik yoʼli bilan davolagan edi. U 23 yoshli bemorning tanglayidagi yumshoq toʼqimadan bir qismini olib tashlab, xurrakdan xalos etgan.
Bundan maʼlumki, xurrak odatiy hol emas, balki kasallik xabarchisi, deya taʼkidlashadi zamonaviy shifokorlar. Qattiq xurrak otayotgan kishining nafasi birdaniga toʼxtab qolishi mumkin ekan! Umuman, xurrak otish nafas olish bilan birga kechadi, uyqu yaxshi boʼlmaydi, natijada kishi kun boʼyi lanj boʼladi, boshi ogʼriydi, tez-tez asabiylashadi, quvvatsizlanadi.
Bir guruh olimlar xurrakning sabablarini aniqladilar. Ularning kuzatishlaricha, burun ichidagi oʼsimta (polip)lar, murtak bezlarining kattalashishi, burun boʼshligʼining yalligʼlanishi yoki kishi semirib ketishi oqibatida xurrak otish odati paydo boʼlarkan. Baʼzan bolalar ham uyqusida xurrak otadilar, bu ularning burun yoki nafas yoʼllaridagi bezlarning kattalashuvi sababli yuz beradi.
Xurrakning oldini olish uchun avvalo semirib ketishdan saqlaning. Chalqancha emas, yonboshlab uxlang. Uyqudan oldin spirtli ichimliklar ichmagan maʼqul, chekishni ham tashlang. Uxlatuvchi dorilarni qabul qilmang, chunki ular mushaklardagi hayotiy faollikni susaytiradi, bu esa xurrakka sabab boʼlishi mumkin. Bordiyu, bir necha kun uxlay olmay, nafas olishingiz ogʼirlashayotganini sezsangiz,LOR shifokoriga murojaat eting. Аna shundagina xurrakning oldini olgan boʼlasiz.