Ko’zingizni asrash uchun mashqlar

Ko’z uchun oddiy va foydali bo’lgan mashqlar.

Siz odatda bir minutda ko’zingizni o’rtacha 20 marta ochib yopasiz. Ammo televizor yoki monitorga tikilganimizda bu jarayon anchagina sekinlashadi va ko’zning mug’uz(eng ustki tiniq pardasi) pardasi qovjiray boshlaydi, bu esa ko’rish qobiliyatiga salbiy ta’sir o’tkazadi. Shuning uchun ko’zning mug’uz pardasidagi namlikni hamda ko’z o’tkirligini saqlash uchun quyudagi sodda va oson mashqlardan bajarishingiz shart!

Qani boshladik:

1)      10 sekund davomida tez-tez ko’zingizni pirpirating, so’ngra yana 10 sekund davomida o’z holingizcha qarang.(3 marta takrorlang)

2)      Ko’zingizni yuming va ko’z qorachig’ini o’nga-chapga-tepaga-pastga aaylantiring.(4 marta takrorlang)

3)      Ko’zingizni yuming va tepaga hamda pastga qarang.(4 marta takrorlang)

4)      Ko’zingizni qattiq yuming va tezda katta qilib oching.(5 marta takrorlang)

Bu kabi mashqlar maksimum 2 minut vaqtingizni oladi, ammo ko’rish qobiliyatingizni uzoq muddat saqlaydi. Sog’liq uchun 2 minut ko’p emas-a? Yoki quyidagi ko’rsatgichlar bo’yicha nigohingizni harakatlantiring!

Manba: Gippokratlechit.com (Sardor Abdakimov tarjimasi)

shifo.uz/article/ko-zingizni-asrash-uchun-mashqlar