Qon bosimi qachon va kimlarda kutariladi?
Qon tomir devorlarining qon oqimiga nisbatan ko‘rsatgan qarshilik kuchi normal qon bosimini paydo qiladi. Sog’lom kishi organizmidagi qon tomirlar kengayib-torayish xususiyatiga ega, shuning uchun u muhitga moslashib, o‘rtacha muvozanatda turadi. Ba’zi oilalarda barcha kishilarning qon bosimi pastlikka moyil bo‘ladi ayrim oilalarda esa aksincha, bosim yuqoriroq ko‘rsatkichlarga ega bo‘ladi. Agar turli ta’sirlar natijasida tomirlarning kengayish yoki torayish muvozanati buzilsa va bunday buzilish bir oz muddat ushlanib tursa, kasallik alomatlari paydo bo‘ladi. Tomir faoliyatidagi bunday o‘zgarish faqatgina bosh miya faoliyatigagina bog’liq bo‘lmay, balki asabni qo‘zg‘atuvchi tashqi va ichki ta’sir kuchiga ham bogliq. Ayniqsa buyrak, yurak va tomir kasalligi qon bosimining o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin. Kishi turmushi tinch, osoyishta bo‘lishiga qaramasdan qon bosimi sutka davomida chiqib, tushib turadi. Odatda kunning birinchi yarmida qon bosimi normaga yaqin bo‘ladi, ikkinchi yarmida esa bir oz ko‘tariladi, kechasi esa normaga yaqinlashadi. Ba’zi kishilarda qon bosimi baland bo‘lishiga tug’ma moyillik bo‘lishi mumkin, boshqalarda esa turmushdagi salbiy qo‘zgatuvchi ta’sirida qon bosimi ko‘tariladi. Ayniqsa bosh miya kasalligida va ba’zi ichki kasalliklarda qon bosimining ko‘tarilishi kuzatiladi. Oiladagi bir necha kishida qon bosimning normadan ortiqroq bo‘lishi kasallikka tug’ma moyillik borligiga dalil bo‘la oladi. Bunday oila a’zolari ko‘pchiligida qon bosimi darajalari bir xilda ko‘tarilgan bo‘ladi. Shu borada bir misol keltirmoqchiman.
M. ismli qo‘shnim bor edi. Uning oila a’zolari ko‘pchiligida qon bosimi normaga qaraganda ortiqroq edi. Bu kishining onalarida 28 yil davomida qon bosimi ortiq bo‘lgan, biroq o‘zlarini hech narsa bezovta qilmagani uchun vrachga bormaganlar. Bir kuni oilada bo‘lgan bir oz kelishmovchilik natijasida boshlari qattiq og’rib, mening ko‘rib qo‘yishimni iltnmos qildilar. Chiqib yuraklarini eshitib, qon bosimini o‘lchab ko‘rdim, qon bosimi yoshlariga nisbatan ancha baland edi.
Qon bosimingiz ozgina ortiq ekan, balki boshingiz og’riyotganiga shu sabab bo‘lsa kerak, dedim astagina. Bosimim qancha ekan, deb so‘rab qoldilar. 220/130 ekan, dedim. Do‘xtir bolam, bundan 10 yil ilgari ham bosimim xuddi shuiday edi, dedilar, qon bosimi ko‘tarilganiga uncha e’tibor ham bermadilar. Qon bosimingizni tushiradigan dori yozib beraymi, desam, yo‘q bolam, bosh og’rigi dorisini yozib bersang bas, dedilar. Surishtirsam ertasiga bosh og‘riqlari to‘xtab qolibdi. Keynichalik 18 yil davomida salomatliklari yaxshi darajada turdi. desaam bo‘ladi. Shuni ham aytishim lozimki, u kishi qon bosimi kasalligidan emas, balki butunlay boshqa kasallikdan olamdan o‘tdilar.
Men bu bilan qon bosimi normadan ortiq bo‘lsa ham bunga e’tibor bermaslik kerak, demoqchi emasman. Agar qon bosimi ko‘tarilgan vaqtida bosh og‘risa, yurak sanchib tursa, odam o‘zini yomon his qilib, qo‘l oyoqlari uvishsa. ayniqsa bunday hollarda asabi buzilsa, tezda vrachga ko‘rsatish zarur. Agar qon bosimi normadan ortiq bo‘lsa, lekin yuqorida enkr etib o‘tilgan kasallik alomatlari yuz bermasa, davolanishga ehtiyoj qolmaydi.
Qarangki, misolda keltirilgan oiladagilarning hammalarida qon bosimi yuqori bo‘lib tursada (masalan, birida 110/70, ikkinchisda 140/80 uchinchisida esa 150/90), ammo bu holat hech qaysilarini bezovta qilmaydi.
Hozirgi davrda qon bosimining yuqorimi, pastmi, doimo bir xilda turishi «ishchi qon bosimi» deb yuritiladi. Bu degan so‘z kishi uni o‘zining o‘rtacha bosin deb bilishi lozim. Mabodo ana shu o‘rtacha bosim ko‘tarilsa, dori darmon bilan o‘z xoliga keltirish lozim, Ilgari bundan 1015 yil muqaddam bosim yuqori bo‘lsa, vrachlar darhol dori-darmonlar yordamida uni odatdagi normaga (120/60 mm ga) tushnrar edilar. Hozirgi vaqtda odamning qon bosin o‘ziga xos qancha bo‘lib turishi surishtiriladi, uning organizmi o‘rgangan bosimni tushirish tavsiya etilmaydi, o‘sha baland bosimga odamning hamma organlari moslashib qolgan bo‘ladi. Agar bu bosimni pasaytirish tavsiya etilsa, bemorning tinkasi qurib charchaydi, behol bo‘lib qoladi. Shuning uchun hozirgi vaqtda vrachlar dori-darmonlarni buyurishdan avval «kundalik o‘rtacha ko‘rsatkich bosimni» surishtirishlari kerak.
Qon bosimining ham ustki ham pastki darajasi ko‘tariladigan bo‘lsa, bu gipertoniya kasalligi deb yuritiladi. Odamlarda gipertomiyaga nisbatai tug‘ma moyillik bo‘lganda bosim 23-30 yosh oralarida ko‘tariladi. Bosimning ko‘tarilishiga tashqi muhitning yomon ta’sirlari sabab bo‘ladi. Kasallik asta-sekin rivojlanib boradi, bemorning jahli tez chiqib, bo‘lar-bo‘lmasga tajang bo‘laveradi, boshi og’riydi, uyqusi buziladi. Lekin bemorga tinch, xotirjam sharoit yaratilganda bu alomatlar o‘zicha davosiz o‘tib ketishi mumkin. Biroq keyinchalik yillar o‘tgan sari bosh og’rigi kuchayib, doimiyga aylanib qolisho mumkin. Og’riq boshning orqa tomonida paydo bo‘ladi, tomir gupillab urayotgandek bo‘ladi, ayrim bemorlarning ikkala chakkasi og‘riydi, jahli tez chiqadi, tez charchaydi, xotirasi susayadi, fikrini to‘plash kiyinlashadi, ba’zan bo‘shashib, kayfiyati buziladi, yaxshi uxlay olmaydi, ko‘p tush ko‘radi. Alomatlar oldiniga bosim ko‘tarilganda sezilsa, keynnchalik bosim normada turganda ham paydo bo‘lishi mumkin. Gipertomiya kasalligi boshlangan davrda bosim ko‘tarilib turadigan bo‘lib qoladi, keyinchalik esa uni normaga tushirish qiyin bo‘ladi, yuqorida aytilgan kasallik alomatlari esa doimiy bo‘lib qoladi. Agar bemor yaxshi davolansa yurak atrofida va bosh miyada qon aylanishi buzilishi mumkin.
Qon bosimi ko‘proq qaysi yoshdagi odamlarda ko‘tariladi degan savol ko‘pchilikni qiziqtiradi. Qon bosimi hamma yoshdagi kishilarda ko‘tarilishi mumkin.
Manba: Kitob.uz