Kashandalar – silga moyil
2050 yilga kelib butun dunyoda qirq millionga yaqin kashandalar sil kasalligidan vafot etishi mumkin, deya xabar beradi MedDailu portali. Ushbu ma`lumotni Britaniya o’pka kasalliklari fondi e`lon qildi.
Tahlilchilarning fikricha, kasallik Afrika, ¤rta Yer dengizining sharqiy qismi va Janubi-Sharqiy Osiyoda tezlik bilan tarqaladi. Shifokor Jon Mur-Gillon oxirgi yigirma yilda bu kasallikka chalingan bemorlarning soni sezilarli darajada oshganini ta`kidlaydi. Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti ham kasallikni dunyo ahamiyatiga molik kasalliklar ro’yxatiga tirkab qo’ydi.
Mutaxassislar dunyo bo’yicha o’limning oshishi bevosita tamaki kompaniyalarining faoliyati bilan bog’liqligini aytishmoqda. Gap shundaki, tamaki organizmning himoyalanish funsiyasini pasaytiradi va silning o’pka bo’ylab yoyilishiga zamin yaratadi. Ayni paytda dunyoda taxminan har besh kishidan bittasi chekadi. Statistikaga ko’ra, chekuvchilar silni boshqalarga qaraganda ikki barobar ko’proq orttirib olishlari mumkin ekan.