Tanani tabiiy tozalash — hamma uchun ikki kunlik ochiqish

Agarda siz jismoniy baquvvat bo’lishni, hazm qilish va qon aylanish muammolarini oldini olmoqchi bo’lsangiz har 2-3 hafta qisqa ochiqish bilan davolanishingiz kerak.

Tibbiy ochiqish

Faoliyat sustligi va muvozanatlashmagan dieta hujayralarda zararli moddalarni to’planishiga olib keladi. Ushbu zararli moddalar tanamizni ifloslantiradi. Agar ular erib yoki yuvilib ketmasa ko’plab kasalliklarga sabab bo’ladi. Ochiqish ularga qarshi kurashishda yordam beradi. U profilaktik ta’sirga ega chunki u orqali tanamiz to’siqlardan va zararli keraksiz proteinlardan tozalanadi.

Uzoq ochiqishda taom iste’mol qilish cheklanadi. Siz faqat suv va giyohlardan damlangan choylar ichishingiz mumkin.

Davolanishni ta’siri bo’lishi uchun siz muntazam ravishda mashq qilishingiz lozim va har ochiqishni kam kaloriyali dieta bilan davom ettirishingiz kerak.

Asosiy qoidalar

  • Ochiqish uchun eng qulay vaqt bu Shanba va Yakshanba kunlaridir chunki bu ish kunlari emas.
  • Siz soatingizni qo’ng’irog’ini qo’yishingiz shart emas. Bunda siz istaganingizcha uhlashingiz mumkin.
  • Ochiqishni jismoniy faoliyat, stress darajasi va kulinar nafsga berilishlardan holi paytda oson kechirishingiz mumkin. Shuning uchun mebellaringizni ko’chirmang, yaqin va azizlaringiz bilan janjallashmang va ammalaringizni tug’ilgan kuniga takliflarni qabul qilmang.
  • Ochiqqanda chekmang, vitamin va og’riq qoldiruvchi yoki tinchlantiruvchilarni qabul qiling. Agarda siz doimiy ravishda dori qabul qiladigan bo’lsangiz u holda shifokoringizdan ochiqish mumkin yoki mumkin emasligini maslahatlashing.

Ochiqish ozishingizga yordam beradimi?

Yo’q. Ochiqich faqatgina tanani zararli moddalardan chiqarish va tozalanish usulidir. Bir necha kunlik dietadan so’ng biz biroz ozamiz, biroq yana doimiy vaznimizga qaytib kelamiz. Ikki-uch kunlik ochiqish ovqatlanish odatlarimizni o’zgartirishda yaxshi boshlanishdir. Oshqozonimiz kichrayiib qoniqishimiz uchun ozroq taom lozim bo’ladi.

 
Hattoki qisqa ochiqishdan so’ng biz turli ta’mlarni kuchliroq sezishni boshlaymiz, masalan biror narsa sho’r yoki shirin bo’lsa. Biz kamroq ziravolar, shakar va tuzni ishlatishni boshlaymiz bu o’z o’zidan ozishga olib keladi. Bir necha kunlik ochiqishdan so’ng biz ozroq ochiqishimiz shifokorlar tomonidan isbotlangan. Biz yog’li va og’ir taomlarni kamroq iste’mol qilishni xohlaymiz. Biz meva, sabzavotlar, yogurt va sharbatlarni xohlab qolamiz. Shuning uchun ochiqish oz kaloriyali dietaga o’tishda yaxshi yo’ldir.

Kuniga yeti mahal suyuqliklar

  1. Turganingizdan so’ng – hazm qilish yo’lini tozalash uchun bir choy qoshiq Glauber tuzli (sal mirabilis) bir stakan suv.
  2. Ertalabki dushdan so’ng – bir chashka rozmarin choyi, bu qon aylanish tizimingizni faollashtiradi. Agarda sizda rozmarin bo’lmasa uni shakarsiz och qilib damlangan choy bilan almashtirishingiz mumkin.
  3. Kunning yarmidan avval – 1-2 stakan suv, yoki 1-2 chashka giyohli choy (masalan moychechak yoki yalpiz)
  4. Kun yarmida – 1-2 chashka suv
  5. Kun yarmidan so’ng – 1-2 chashka giyohli choy (moychechak, yalpiz bo’lishi mumkin lekin rozmarin emas)
  6. Kechasi, biroq soat 7 dan kech emas – 1-2 stakan suv
  7. Yotishdan avval (9 va 10 lar orasida) – bir chashka Melissa choyi yoki valeriana choyi (ular tinchlantiruvchi va uhlatuvchi xususiyatlarga ega). Choylar shirin bo’lmasligi lozim.

Manba: Bonduelle.uz