Bavosil (Бавосил-геморрой) – to’g’ri ichak pastki bo’limidagi venalarning varikoz kengayishi. Doim ich qotib yurishi, bachadonning qayrilgan bo’lishi, to’g’ri ichakdagi yallig’lanishlar, uzoq vaqt o’tirib mehnat qilish va boshqa shart-sharoitlar bavosil paydo bo’lishiga imkon yaratadi. Bavosil ko’proq o’rta yashar odamlarda uchraydi.
Yengil hollarda bemorlar hech qanday nohushlik sezmaydi; kasallik zo’rayganda orqa chiqaruv teshigi qichishib achishadi, qizib turadi, og’riydi, qon keladi. Hojat vaqtida ichkaridagi bavosil tugunlari tashqariga chiqishi va qisilib qolishi ham mumkin. Hojatga borib kelinganidan keyin har safar orqa teshik va oraliqni qaynagan sovuq suv bilan yuvish muhim. Bavosil bo’lgan kishi albatta vrachga ko’rinishi kerak. Davosi kasallik sabablarini bartaraf etishga qaratiladi (masalan, ich qotib yurishga moyillik bo’lsa, tegishli parhez taomlar, ich suradigan mayin dori-darmonlar buyuriladi); vrach tavsiya etgan sham dorilar og’riqni yo’qotishga yordam beradi.bavosilning og’ir formalarida operatsiya qilish zarur.
Xalq tabobati
— Tuxum sarig’ini yesa yoki tovuq tuxumini guruch bilan qaynatib yesa, yaxshi. Umochli ovqat, atala, mayizni anor suvi bilan yesa yoki behi suvi bilan yesa, juda yaxshi foyda qiladi. Ovqatlari: kasal tuzalguncha, 15 kun gulqand, zig’ir yog’I, kungaboqar yog’I va o’simlik yog’laridan yengil ovqatlar yeb yursa, xamirning hamma turlari va qovurma ovqatlar yeyilmasa, kasallik tezda tuzalib ketadi.
— Tok bargini talqon holatida iste’mol qilish qonga foyda qiladi.
— Bavosil kasalida har qanday kulni orqaga sepgandan keyin, albatta, yuqorida aytilgan yog’lardan birini qo’ygani yaxshi foyda beradi. Tok bargi talqoniga teng asal qo’shib, 10 kun 3 mahaldan orqaga surtilsa, qon begumon to’xtaydi.
— Turpning urug’I talqoniga teng asal qo’shib, unga to’yingan dokani 12 kun pilik holatida orqaga 2 sm tiqib qo’yilsa, foyda beradi.
.
— Bavosilning yengil va og’ir formalarida ham arpa talqoni yoki qashqarbedaning talqoni huddi shunday yaxshi natijalar beradi. Faqat bunda quyidagi yog’larning biri qo’shiladi. Agar yog’ qo’shilmasa, bemorning ahvoli zaiflashadi, orqa yaralar tortishib og’riydi. Masalan, kanakunjut yog’I, zig’ir yog’I, achchiq bodom yog’I og’riq qoldiruvchilardir. 12 kun 3 mahaldan surish zarur. (Bu muolajalar ko’p marta sinab ko’rilgan).
— Marsiqni talqon qilib, yanchib, orqa teshikka qo’yib, 10 kun 2 mahaldan bog’lab yotiladi. Uni pishirib yesa ham foyda qiladi.
Muallif: Hoji Mengnazar Rustam o’g’li
Manba: «Dard borki, darmon bor”
Islom tibbiyoti
Bavosil kasalligi qadimdan ma’lum bo’lib, unga birinchi bo’lib Gippokrat ”gemmoroy” deb nom bergan. Tibbiyot bobokaloni Abu Ali ibn Sino ham o’zining mashhur ilmiy asarlarida bavosilni davolash usullarini ko’rsatib o’tgan. Ma’lumki, bavosil to’fi ichak pastki qismi vena, qon tomirining tugun-tugun bo’lib kengayishidir. Tugunlar orqa chiqaruvteshigida joylashishiga qarab ichki va tashqi bo’lib, o’tkir va surunkali kechadi. Orqa teshik atrofida so’galsimon, tugmasimon, no’xotsimon yoki uzumsimon tugunlar (o’zmalar paydo bo’lib, bavosilning eng og’irlashgan bosqichlarida tashqariga yumaloq, taxlama tarzida chiqib ketadi va yiringli och rangli qon oqadi. Bavosilni uzoq vaqt beparvolik bilan odamlardan uyalib, yashirib davolanmasdan yurish esa yomon oqibatlarga olib keladi. Masalan, bavosilning eskirib, kuchayib ancha og’ir davrida, ya’ni ko’p qon ketganda yoki ichki bavosil tugunlari tashqariga chiqqanda jarrohlikka zarurat tug’iladi.
Bavosil bilan odatda o’rta va keksa yoshdagi kishilar, ko’proq erkaklar kasallanadi, ba’zan yoshlarda uchraydi. Olimlarning ma’lumotlariga ko’ra, bu xastalik, ayniqsa, issiq iqlim sharoitidagi Markaziy Osiyo xalqlari o’rtasida keng tarqalgan. Bu dardga chalingan odamning orqa teshigi yallig’lanadi, shishadi, qon aylanish tartibi buziladi, devorlari noziklashadi, ba’zan chekkalari yoriladi, qonli yiring oqadi. Hojat qiynlashadi, og’riq kuchayadi, isitma chiqadi va hokazo. Olim, shifokor va xalq tabiblarining ta’kidlashicha, bavosil xastaligining bo’lishiga odamning issig’i oshib ketishi, ya’ni har kuni iste’mol qilinuvchi ovqatlarning quvvati sarflanmasdan, ma’lum qismi inson badanida to’planib borishi, ayniqsa, qovurilgan, yog’li ovqatlar, ortiqcha shirinliklar, ich qotib ketishi, uzoq vaqt o’tirib mehnat qilishi, kam harakatlilik, jismoniy ish bilan yoki badantarbiya bilan shug’ullanmaslik, meva, sabzavot va oshko’klarni kam iste’mol qilish, yo’g’on ichak, jigar kasalliklarida, venalarning o’sma yoki homilali bachadon bilan bosilishi natijasida to’g’ri ichak va kichik chanoq venalarida qon dimlanishi va boshqa sabab bo’lar ekan. Bavosil ko’pincha asta-sekin rivojlanadi. Uning bir necha rivojlanish bosqichlari mavjud bo’lib, yengil rivojlanish bosqichida bemor hech qanday noxushlik sezmaydi va bezovta bo’lmaydi. Kasallik avj olganda orqa chiqaruv teshigi qishishadi, achishadi, qiziydi, ba’zan og’riydi, ichi qotadi, qon keladi va boshqalar.
Spirtli ichimlik ichganda, ba`zan jismoniy ishdan so’ng bu sezgilar kuchayadi, keyinchalik ahlatda gemorroydan qon ketishi mumkin. Agar bavosilda gemmoroidal tugunlar tiqilib qolsa yoki yallig’lansa, qattiq og’riq beradi, harorat ko’tariladi, ich qotishi kuzatiladi. Og’irlashgan hollarda yallig’lanish atrofdagi to’qimalarga tarqaladi (paraproktit). Bavosil hronik kechib, vaqti bilan zo’rayib turadi, zo’rayish davrlari orasida bemor o’zini sog’lom his qiladi. Kasallik zo’rayganda bunday davrlar orasida qisqarib, qon ketishi kuchayadi.
Shifokorlarning kuzatishlaricha, kasallik zo’riqqanida bavosil tugunlari devorlari yupqalashib, qon ketadi va bu kamqonlikka sabab bo’ladi, bemorning darmoni quriydi.
Maqolamizning so’ngida shu soha mutaxassislari, olim, shifokor, xalq tabiblari bavosil hastaligining oldini olish va uni davolash chora-tadbirlarini eslatib o’tamiz:
1. Sog’lom hayot, me`yorida mehnat qilish va ovqatlanishni yo’lga qo’yish, to’g’ri dam olish, achchiq va sho’r taomlarga, spirtli ichimliklarga, tamaki, nos chekishlarga va boshqalarga ruju qo’ymaslik va, ayniqsa, jismoniy tarbiya bilan shug’ullanish bavosil va ko’pqina kasalliklarning oldini oladigan omillardandir. Chunki kasallikni davolashdan uning oldini olish ming marta afzaldir.
2. Bavosilning oldini olish asosan qabziyat, ya`ni ich qotishga yo’l qo’ymaslik juda muhim hisoblanadi. Chunki yo’g’on va to’qri ichakda uzoq vaqt to’planib qolgan va qattiklashgan najas yoki ahlat toshi ichak devorining tomirini siqadi, shilliq qavatni tirnaydi, jarohatlayli. Shu boisdan qabziyat har hil kasalliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun ichaklarni o’z vaqtida bo’shatib turish katta ahamiyatga ega.
3. Odatda hojatdan keyin orqa chiqaruv teshigi sohasini iliq suv bilan yuvishga yoshlikdan odatlanish kerak.
4. Kishi o’zining ichi ravon bo’lishi uchun meva va sabzavotlar, kepakli non, sut-qatiqli ovqatlar, o’simlik moyi, o’rik va anjir qoqilari, mayiz, ko’kat va ziravorlardan muntazam ravishda iste`mol qilish kerak. Lekin murchli, qalampirli, sirkali ovqatlar, hom piyoz, sarimsoq piyoz, turp ichak faoliyatiga salbiy ta`sir ko’rsatuvchi moddalar ekanligini ham esda tutishimiz kerak.
5. Agar orqa chiqaruv teshigi achishsa, bemor hojatga borganida qiynalsa, ahlatidan qon ko’rinsa yoki gemorroidal tugunlar paydo bo’lsa, uyalib-qimtinib o’tirmasdan zudlik bilan shifokorga murojaat qilishi zarur. Ming afsuski, bemorlar shifokorlarga juda kech, bavosil eng og’irlashgan bosqichida, ya`ni zudlik bilan bavosilni kesib olishdan boshqa iloj qolmagandagina murojaat qilishadi. Biroq bavosilni kesib tashlash jarrohlik noilojlikdan qilinuvchi eng so’nggi choradir. Har qanday jarrohlik insonni jismonan zaiflashtiradi va parhez bilan yashashga majbur qiladi.
6. Bavosil kasalligining rivojlanishidagi bosqichlarga qarab davolash usuli tanlanadi va dori-darmonlar ham shunga binoan belgilanadi. Jumladan, sovuq suv, isiriq, aloe suvlarida orqa teshikni kuniga 3-4 marta yuvish, zira qaynatmasini va choy o’rnida bargizub urug’ini, ermon va qora andizni damlab ichib yurish, grelka va shamcha qo’yish, vanna-da o’tirish, har kuni kechqurun moychechak bilan klizma qilib turish va hokazo. Davoning nafi kasallik bosqichiga, shifokorga o’z vaqida kechiktirmasdan murojaat qilish va uning ko’rsatmalarini to’g’ri bajarib yurishga bog’liqdir.
7. Shamollashdan, ayniqsa, tananing pastki qismi shamollashdan, uzoq vaqt yurishdan va turib ishlashdan sakdanmoq kerak. qech qachon sovuq joyga, ayniqsa, temir, beton va tosh ustilariga o’tirmaslik kerak.
8. Bolalarga va ayollarga og’ir yuk ko’tarish mumkin emas, chunki zo’riqishdan, kuchanishdan orqa teshik chiqib ketishi mumkin.
9. Bavosilni davolash davrida ovqat va taomlar iste`mol qilinishi to’htatiladi: qovurilgan va yog’li ovqatlar, qazi, norin, mosh, sut, kabob, kolbasa, achchiq va sho’r taomlar, shirinliklar va kofe, kakao va muzqaymoq, spirtli ichimliklar, tamaki, nos va boshqalar. Davolanish davrida jismoniy ish qilish ham vaqtincha to’xtatiladi.
10. Davolanish davrida quyidagi ovqatlarni iste`mol qilish mumkin: faqat piyozi qovurilgan hamma ovqatlar, qaynatma, dimlama, bug’da pishgan taomlar, asal, hamma mevalar, sabzavot, ko’katlar, qatiq, asosan suyuq ovqatlar, go’sht qiyma holida va hokazo.
11. Kam harakat qiluvchi kishilar badantarbiya bilan shug’ullanishlari lozim. Respublika sog’liqni saqdash vazirligi ko’rgan chora-tadbirlar tufayli hozirgi vaqtda poytahtimiz va barcha viloyat kasalhonalarida bavosil va boshqa to’g’ri, yo’g’on ichak kasalliklarini davolaydigan bo’lim mavjud bo’lib, ular yetarli darajada jihozlangan va yuqori malakaga ega bo’lgan shiofkorlar insonlar salomatligini saqlashdek hayrli ishda hormay-tolmay mehnat qilishmoqda.