Quritilgan anjirni teng miqdorda yanchilgan yong’oq mag’ziga aralashtirib, har kuni 70-90 grammdan yeb turilsa, issiq mijozli bemorlarning buyragini sog’lomlashtiradi, chaxmazak (peshob chiqarishning qiyinlashuvi)ni yo’qotadi. Anjir sharbati esa buyrak va qovuqdagi chiqitlarni haydab chiqaradi.
Sigir sutini haddan tashqari ko’p iste’mol qilish buyrak va qovuqda tosh paydo qiladi, uni bir marta ichish miqdori 150 grammdan 300 grammgacha bo’lishi maqsadga muvofiq.
Buyrak hastaligida ikki choy qoshiq quruq na’matak mevasini bir stakan qaynoq suvga solib qoyib, suvini kuniga uch mahal ovqat so’ng ichib turilsa, albatta, shifo topadi.
Petrushka urug’i, no’hat va asaldan is’temol qilib yurgan kishining qovug’I mustahkam bo’ladi.
Oshqovoqdan olingan sharbat buyrak hastaliklariga davodir.