Chekishni tashlashga 10 qadam
  • Ma’lum bir vaqtga chekishni tashlash bo’yicha qaror qabul qiling va uni bajaring.
  • Chekishni tashlashingiz oqibatida bosh aylanishi, titroq, bosh og’rig’I va tomoq qurishi kutilishi mumkin, e’tibor bermang, bir ikki hafta ichida o’tib ketadi.
  • O’zingizni birinchi kunlarini o’tkazishda yordam bermoqchi bo’lsangiz, doimo ma’lum bir ish bilan band bo’ling. Kuldon, sigaret va gugurtni  yig’ishtirib qo’ying.
  • Ko’p suv iching. Ish vaqtida qo’lingizga stakan suvini ushlab oling va doimo tomog’ingizni xo’llab turing
  • Aktiv bo’ling. Sayr qiling, yuguring yoki sportning boshqa turlari bilan shug’illaning. U sizni erkin his etishga yordam beradi.
  • Chekishni tashlash evaziga iqtisod qilingan pulni, boshqa zaruriy maqsadga sarflang.
  •  Doimiy ish kuni tartibingiz va odatlaringizni o’zgartiring. Iloji boricha oldin sigaret sotib olgan do’konga yaqinlashmang.
  • Bir dona chekib qo’yay degan odatni tashlang.
  • Semirib ketishdan saqlaning. Odatda, oldingi chekuvchilar chekishni tashlagandan so’ng, semirib ketadilar.
  • Esda tuting, har bir sigaretsiz o’tgan kun –sizning sog’ligingiz, daromadingiz va hamkasblaringiz shuningdek turmush o’rtog’ingiz uchun ham yaxshi yangilik!
shifo.uz/article/chekishni-tashlashga-10-qadam