Kuygan joylarni davolash
🔥KUYGАNDА KАRTOShKА YoRDАM BERАDI
Kuygan joylarni davolashda kartoshka yordam beradi. Buning uchun oʼrtacha kattalikdagi kartoshka toza yuvilib, poʼsti artiladi. Uni parrak-parrak shaklda kesib, terining kuygan qismiga qoʼyish lozim. Kartoshka qoʼyilganda kuygan joy muzdek boʼlib qoladi, biroz vaqt oʼtib kartoshka iliydi. Аna shunda yana boshqa kartoshka parragi qoʼyiladi.
Muolaja ogʼriq yoʼqolguncha (besh-olti marta) davom ettiriladi. Kartoshkani qirgʼich yordamida boʼtqa xoliga keltirib, kuygan joyga qoʼyilsa foydasi samaraliroq boʼladi. Kuygan joy tuzalgungacha muolaja tez-tez takrorlanishi maqsadga muvofiq.