Nok ortiqcha vazndan xalos etadi
Nok shifobaxsh mevalardan biri bo‘lib, chanqoqni bosuvchi, depressiya (ruhiy tushkunlik)ga qarshi vosita sanaladi. Bu mevani ovqatlangandan yarim soat o‘tgach, iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Uning tarkibida arbutin, pektin, foli kislotasi, beta-karotin mavjud bo‘lib, A, V1, V2, V5, V6, V9, S, Ye, K, N va RR vitaminlari hamda inson organizmi uchun kerakli minerallar – kaliy, kalsiy, rux, selen, mis, va marganets, temir, yod, oltingugurt, ftor, fosfor va natriy mavjud. 100 gr. mahsulot 42 kkalga ega bo‘lib, uning tarkibi oqsil, yog‘ va uglevodga boy sanaladi. Bunday mevalar bilan parhez qilish ortiqcha vazn va xolesterindan xalos etadi.
Mazkur meva yurak-qon tizimini yaxshilash, buyrak va qovuq yallig‘lanishining oldini olish, organizmni turli zahar va xiltlardan tozalash xususiyatiga ega. Nok tarkibida shuningdek, oz miqdorda beta-karotin, lyutein va zeaksantin mavjud. Ular C va A vitaminlari bilan birgalikda organizmni zararli moddalardan muhofaza qiladi. Shu bilan bir qatorda ushbu mahsulot jigar va qandli diabet kasalliklarida, semizlikni oldini olishda foydali sanaladi.
Semizlikni oldini olishda kuniga 3-4 dona meva iste’mol qilinsa, yaxshi natija beradi. Ammo me’da yallig‘lanishi mavjud bemorlarga bu mevani iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
Xurshida Husenova

soglom.uz