Oqsilga boy bo‘lgan 10 mahsulot
  1. Tuxum oqida 17 foiz oqsil mavjud. Iki dona tuxum oqi 100 gr.ni tashkil etadi, ulardagi oqsil maiqdori esa 17 gr.ga yetadi. Tuxumni sport mashg‘ulotlaridan so‘ng iste’mol qilish tavsiya etiladi. Uning kaloriyasi yuqori bo‘lmagani sabab, tanada yog‘ qatlamlariing hosil bo‘lishiga sabab bo‘lmaydi.
  2. Tvorogda 14 foiz oqsil mavjud bo‘lib, mutaxassislar mazkur mahsulotning yog‘siz turini tanovul qilishni tavsiya etishadi. Tabiiyki, bu ortiqcha vaznga sabab bo‘lmaydi. Tvorogga aralashtirilgan qatiq yoki yogurt va biroz shakar unig organizmga tez singishiga yordam beradi.
  3. Pishloqning 30 foizi oqsilga boy sanaladi. Shu bilan bir qatorda u kaloriyali mahsulot hamdir. Shu sabab mashg‘ulotlardan oldin ushbu mahsulotni iste’mol qilish, mashg‘ulot davomida ortiqcha kaloriyaning sarf bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
  4. Parranda go‘shtining 15-20 foizi oqsilga boy eng a’lo mahsulotdir. U organizmda tezda hazm bo‘lishi bilan bir qatorda, kam kaloriyali mahsulot hamdir.
  5. Mol go‘shti 25 foiz oqsilni o‘zida jamlagan. Mutaxassislar uning qaynatilgan va dimlangan turini iste’mol qilishni tavsiya etishadi.
  6. Jigar tarkibida 25 foiz oqsil moddasini uchratish mumkin. Dimlangan va pashtet holatdagi jigarda ayniqsa, bu foydali modda juda ko‘pdir.
  7. Baliqning 15-25 foizi oqsil bilan to‘yingan bo‘lib, ushbu mahsulot parhezbop sanaladi. Organizmda tez ham bo‘ladi. Yog‘li baliq mahsulotini kunning ikkinchi yarmida, iste’mol qilish tavsiya etiladi. Inson organizmi uchun foydali sanalgan mazkur foydali modda baliq turlaridan tunets, losos, sardina, skumbriya tarkibida ko‘p uchraydi.
  8. Soyaning 14 foizi oqsilga boy sanaladi. U o‘simliklar orasida ushbu moddaga boy o‘simliklardan eng foydalisidir. Undan turli taomlarni tayyorlashda, ayniqsa go‘shtli mahsulotlardan tayyorlangan taomlar bilan birgalikda iste’mol qilinadi.
  9. Kichik karamchalar (brokkoli) ham o‘zida 9 foizgacha oqsil moddasini yig‘a oladi. Sabzavotlarning boshqa turlarida yarimdan ikki foizgacha oqsil uchrasa, ushbu sabzavotda bu ko‘rsatkich 9 foizni tashkil etadi.
  10. Yormalar 10-12 foiz oqsilni o‘zida jamlagan. Undan ovqatlanish jarayonida garnir sifatida foydalanish mumkin. U kartoshka va makoron mahsulotiga qaraganda foydali sanaladi.
Doimo oqsilga boy mahsulotlarni istemol qilish shart emas, eng asosiysi organizm uchun oqsilning kundalik normasini bilan holatda ratsion tuzish kifoya. Shunda sizning ratsioningiz oqsil, uglevod va vitaminlarga birdek boy bo‘ladi.
Yana o‘qing:  Olimlar harakatsiz va xarajatsiz ozishning yangi usulini tavsiya qilishmoqda
Xurshida HUSENOVA
soglom.uz/tavsiya/oqsilga-boy-bolgan-10-mahsulot-2/