Qulupnayli muzqaymoq
Kerakli masalliqlar: 200 gr. qulupnay, 1 stakan shakar, 3 stakan sut, 2 ta tuxum sarig‘i, vanilin.
Tayyorlanishi: idishga tuxum sarig‘i va shakar solib, mikserda yaxshilab aralashtiriladi. Ustidan sut solib, past olovda qaynaguncha aralashtirib turiladi. Keyin masalliq 1-2 soatga sovutishga qo‘yiladi.
Qulupnaylar tozalab yuviladi va idishga solinib, blendrda eziladi. So‘ngra hosil bo‘lgan suyuqlik suzib olinib, vanilin bilan tayyor masalliq ustiga solinadi. Hammasi birgalikda mikserda yaxshilab aralashtiriladi va tayyor muzqaymoq 3-4 soat muzlatgichga qo‘yiladi.
Muzqaymoqni idishlarga solib, ta’bga ko‘ra qulupnay mevalari bilan bezatishingiz mumkin.
soglom.uz/tavsiya/qulupnayli-muzqaymoq/