“Kuz bo‘yoqlari” pirogi
Zarur masalliqlar: 200 gr. tvorog, 3 dona tuxum, 200 gr. shakar, 230 gr. un, 150 gr. sariyog‘, 2 choy qoshiq qabartirgich, 100 gr. sukatlar (shakarli siropda tayyorlangan tabiiy mevalar), 3 dona olma, 1 oshqoshiq o‘simlik yog‘i (qolipni yog‘lash uchun), 1 oshqoshiq shakar upasi.
Tayyorlanishi: Idishga tuxum, shakar solinib, mikserda aralashtiriladi. So‘ng aralashmaga tvorog, eritilgan sariyog‘ solinadi. Elangan un, qabartirgich qo‘shilib quyuq xamir qoriladi. Keyin unga sukatlar qo‘shiladi.
Olma yuvilib, po‘sti olinadi va tilim-tilim qilib kesiladi. Pishiriq qolipi o‘simlik yog‘i bilan yog‘langandan keyin unga tayyorlangan xamir solinadi va ustidan olma tilimlari teriladi. 180 daraja qizdirilgan pechda ushbu pirog 50 daqiqa davomida pishiriladi va pech o‘chirilgandan so‘ng ham 10 daqiqa ushlab turiladi. Qolipdan olingan pirogga shakar upasi sepiladi.
Dilfuza AZIMOVA
soglom.uz/tavsiya/kuz-boyoqlari-pirogi/