“Baunti” ruleti
Zarur masalliqlar: 200 gr pechenya, 100 ml suv, 70 gr shakar, 2 osh qoshiq kakao, 80 gr kokos qirindisi, 80 gr saryog‘, shakar kukuni.
Tayyorlanishi:
- Maydalab ezilgan pechenye, kakao bilan aralashtiriladi.
- Issiq suvda shakar eritib olinadi va eritilgan sharbat sovutiladi.
- Pechenye ichiga sovugan sharbatni solib aralashtiriladi.
- Kokos qirindisi yog‘ va shakar upasi bilan yaxshilab aralashtiriladi.
- Plyonka ustiga juda yupqa bo‘lmagan pechenye va kakao aralashmasi, uning ustidan kokosli aralashma yoyib chiqiladi va rulet ko‘rinishida o‘raladi. Muzlatgichga 30-40 daqiqa qo‘yiladi.
Yoqimli ishtaha!
XurshidaBonu
soglom.uz/tavsiya/baunti-ruleti/