Yurak uchun foydali mahsulotlar
-
Bu ro‘yxatda birinchi o‘rinni baliq egallaydi. U yurak faoliyatida eng asosiy yordamchi hisoblanadi. Baliq yurak ritmining buzilishi xavfini kamaytiruvchi Omega-3 yog‘ kislotasiga boy.
-
Yurak va tomirlar uchun zaytun yog‘i katta foyda beradi. U xolesterin miqdorini kamaytiradi va tomirlarni himoya qiladi.
-
Pomidor – yurak ritmini yaxshilovchi hamda gipertoniya, ishemiya kasalliklarining oldini oluvchi tabiiy vosita. Uning tarkibidani likopin antioksidanti aterosklerozdan saqlaydi.
-
Sitrus mevalarga allergiyasi yo‘q odamlar uchun apelsin tavsiya etiladi. Bu meva tarkibida organizmdan ortiqcha xolesterinni chiqarib tashlovchi moddalar to‘planadi. Bundan tashqari, u qon bosimini boshqarib turuvchi kaliy elementiga boy.
-
Lavlagi bargi. Bu “salat” tarkibida kaliy, magniy, sellyuloza, V vitaminlari, antioksidantlar va boshqa minerallar mavjud.
-
O‘rik turshagi yurakni xolesterindan himoya qiladi. Mutaxassislar fikricha, kuniga bir nechtadan turshak yeb turish takroriy infarktdan saqlaydi.
-
Suli yormasi tarkibida yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiruvchi sellyulozalar, shuningdek, yurak muskullarini oziqlantiruvchi flavonoidlar va kaliy bor.
-
Qoramtir shokolad qon bosimi ko‘tarilganda samarali foyda beradi, qon tomirlarini kengaytiradi. U insult va infarkt xavfini taxminan 20 foizga kamaytiradi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.
soglom.uz/tavsiya/yurak-uchun-foydali-mahsulotlar/