Qo‘ziqorinli pirog

Kerakli mas’hsulotlar: 300 gramm qo‘ziqorin, 3 dona piyoz, 1 bo‘lak sarimsoq, 5 g shakar, ozgina murch, 7 dona kartoshka, 2 ta qovurilgan tuxum, 30 g o‘simlik yog‘i, 10 g zira.

Tayyor bo‘lish vaqti: 1 soat

Miqdori (porsiyasi): 4

Tayyorlanishi:

  1. Dastlab qo‘ziqorinlar 30 daqiqa suvda qaynatib olinadi, keyin sarimsoq va piyoz qo‘shib o‘simlik yog‘ida 15 daqiqa qovuriladi. Qovurilgan qo‘ziqorinlar pichoq bilan maydalab kesiladi.
  2. Qo‘ziqorinning ustiga sabzi va piyoz solinadi. Qovurish paytida tuz va 5 g shakar qo‘shiladi.
  3. Kartoshkani qaynatib pishiriladi va eziladi, 2 ta tuxum oqi, tuz va murch qo‘shib kartoshka xamiri qoriladi.
  4. Kartoshka pyuresining yarmiga yog‘ surtilib tekislanadi. Ustiga qovurilgan qo‘ziqorin qo‘yiladi. Ularning ustiga esa piyoz qo‘shib qovurilgan sabzi joylashtirilib, hosil bo‘lgan pirog qatlamlari zichlanadi.
  5. Pirogga yog‘ surtiladi va duxovkada 220 S° gacha issiqlikda 25–30 daqiqa pishiriladi. Pirogning pishish vaqti uning bo‘yiga bog‘liq. Pirog qancha qalin bo‘lsa, shuncha ko‘p vaqt ketadi.
  6. Tayyor bo‘lgan pirogga qaymoq surtilib, ustiga ko‘kat sepiladi.

Ozodaxon Ahmadqulova tayyorladi.

soglom.uz/tavsiya/qoziqorinli-pirog/