Qovunning foydali xususiyatlari
Qovunning inson salomatligi uchun foydali jihatlari ko‘p. Quyida ular haqida ma’lumot beramiz.
- Har qanday turdagi qovunning 100 grammi organizmning S vitaminiga bo‘lgan sutkalik talabini yaqin 20–30 foiz ta’minlay oladi. Bu vitamin tana to‘qimalarining normal holatda bo‘lishi va o‘sishi uchun muhim. Shuningdek, u jarohatning bitishiga, suyak va tishlarning tiklanishiga yordam beradi.
- A vitamini ko‘zning to‘r pardasini himoya qiladi, ko‘zning o‘tkirligini yaxshilaydi. Uning yetishmovchiligi immunitet tizimida muammolarni keltirib chiqaradi.
- Qovunning aksariyat navlarida V vitamini ham bo‘ladi. U shakar va uglevodlarni qayta ishlashga xizmat qiladi. Shunday qilib, qovun tanani quvvatlantiradi.
- Ozishga yordam beradi. Uning kaloriyasi juda kam (100 grammida 35 kkalga yaqin), yog‘ esa yo‘q. Bundan tashqari, uning suvi to‘qlik hissini paydo qiladi.
- Qovun tarkibida saratonga qarshi kurashuvchi moddalar mavjud.
- Qon oqimini tezlashtiradi. Bu o‘z navbatida insult va yurak kasalliklari xavfini kamaytiradi.
- Siydik haydash xususiyatiga ham ega. Ertalablari muntazam ravishda qovun yeb turilsa, buyrak sog‘lom bo‘ladi.
- Qovun tarkibidagi vitaminlar terini taranglashtiradi.
- Ichaklarni tozalaydi va qabziyatni davolaydi. Undagi minerallar oshqozon bilan bog‘liq muammolarga sabab bo‘luvchi kislotani bartaraf qiladi.
- Qovun tarkibidagi oziq moddalar soch o‘sishini tezlashtiradi va soch to‘kilishining oldini oladi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.
soglom.uz/tavsiya/qovunning-foydali-xususiyatlari/