Shaftolili tort

Zarur mahsulotlar: tort biskivit uchun 3 dona tuxum, 75 gr. shakar, 75 gr. un, bir choy qoshiqdan qabartirgich, kraxmal. Ichiga solinadigan masalliq uchun 500 ml. qaymoq, 50 gr. oq shokolad, 800 gr. shaftoli, shakar kukuni, 30 gr. vafli, 1 quticha jelatin, 380 ml. suv.

Tayyorlanishi: tuxum shakar bilan mikserda ko‘pirtiriladi. Un, kraxmal, qabartirgich solib, sekin-astalik bilan aralashtirilgach, maxsus qolipga solinadi. Qizigan gaz pechida 180 daraja haroratda 30 daqiqa davomida pishiriladi.

Ichiga solinadigan masalliq uchun vafli va shokolad qirg‘ichdan chiqariladi. Shaftolilar mayda to‘rtburchak shaklda to‘g‘raladi. So‘ngra qaymoqqa shaftoli, shakar kukuni, qirg‘ichdan chiqarilgan shokolad va vafli solib aralashtiriladi.

Sovugan biskivitni ikkiga ajratib, birinchi bo‘lak ustiga shakarli suv sepiladi va uning ichiga masalliq solinadi. So‘ngra ikkinchi bo‘lagi qo‘yilib, yarim oy shaklida kesilgan shaftolilar terib chiqiladi. Keyin alohida idishda tayorlab olingan jelatin tort ustiga bir tekisda quyilib, muzlatgichga 2 soatga qo‘yiladi.

BEGOYIM

soglom.uz/tavsiya/shaftolili-tort/