Antiqa pirog
Zarur mahsulotlar: 400 gr. karam, 400 gr. tvarog, 4 dona tuxum, ko‘k piyoz, tuz va murch kerak bo‘ladi.
Tayyorlanishi: karamni mayda somoncha shaklda to‘g‘rab, o‘simlik yog‘ida tuz solib qovurib olinadi. Qovurilgan karam ustiga suvda pishirib olingan tuxumni to‘rtburchak shaklda to‘g‘rab qo‘shiladi.
Alohida idishga 3 ta tuxumni, tuz va tvarog solib mikser yordamida aralashtiriladi. Maxsus pirog qolipini yog‘lab tvarogli massaning yarimi solinib ustidan karamli massa solinadi. Eng ustiga yana tvarogli massa solib bir tekisda qilib chiqiladi. Gaz pechiga 180 daraja 45 daqiqaga qo‘yiladi. Vaqt o‘tgach pirogni olib ko‘katlar bilan bezatib dasturxonga tortish mumkin. Yoqimli ishtaha!
BEGOYIM
soglom.uz/tavsiya/antiqa-pirog/