“May” salati

Zarur mahsulotlar: 500 gr. til, 3 dona tuxum, 150 gr. somoncha shaklda to‘g‘ralgan sabzi, yashil no‘xat, 1 dona olma, mayonez, tuz, ko‘kpiyoz kerak bo‘ladi.

Tayyorlanishi: til va tuxumni alohida idishga suv solib, pishirib olinadi. So‘ngra ularni mayda, to‘rtburchak shaklda to‘g‘rab, idishga solinadi. Ustidan sabzi salati, yashil no‘xat, tuz, ko‘k piyoz va mayonez solib, aralashtiriladi.

soglom.uz/tavsiya/may-salati/