Qiziqarli faktlar

Biz kundalik iste’mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari borasida qiziqarli faktlar bilan tanishing.

  1. Shokolad iste’mol qilish ishga bo‘lgan layoqatni oshiradi va ma’lumot qabul qilishni jadallashtiradi.
  2. Banan tanovul qilish natijasida ruhiy zo‘riqishdan xalos bo‘lish mumkin.
  3. Organizmdagi suv muozanati buzilganda bodring iste’mol qilish tavsiya etiladi. Bodring tarkibi 96 foiz suvdan iborat.
  4. Ananas qadimda mehmondo‘stlik va do‘stlik ramzi sanalgan. Shu sabab insonlar bir-biriga ananas tuhfa etgan.
  5. Tuxum po‘chog‘i kalsiy manbai sanaladi. Shu sabab shifokorlar uni iste’mol qilishni tavsiya etishadi.
  6. Erta tongdan olma iste’mol qilish, qahva iste’mol qilganga nisbatan insonni tetik qiladi. Yer yuzida mazkur mevaning 7 mingdan ortiq turi tarqalgan.
  7. Pomidor sabzavot emas, balki meva!
  8. Shokaladdan qadimda valyuta sifatida foydalanishgan.
  9. Piyoz uyqu chaqirish xususiyatiga ega. Shu sabab uni haddan ziyod ko‘p iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.

Xurshida Husenova

soglom.uz/tavsiya/qiziqarli-faktlar/