Zarur mahsulotlar: 2 dona xurmo, 3 dona nok, 1 dona apelsin, limon sharbati, 1 dona banan, 1 dona anor, 8 osh qoshiq asal, 2 dona kivi, 2 dona olma kerak bo‘ladi.
Tayyorlanishi: mevalarni po‘stidan tozalab to‘rtburchak shaklda to‘g‘raladi. Apelsin po‘chog‘ini qirg‘ichdan 4/1 qismi chiqarilib mevalarga qo‘shiladi. Yarimta limon sharbati va asal disertga qo‘shilib ehtiyotkorlik bilan aralshtiriladi. Maxsus idishlarga solinib anor donachalari bilan bezatilib dasturxonga tortiladi.
Yoqimli ishtaha!
BEGOYIM
soglom.uz/tavsiya/bahor-nafasi-yeguligi/