Xarakter sinovi
Taqdirning bevafoligi mard odam yo‘lidagi sinov toshidir.
T. FULLER
Baxtsizlik xarakterni obdan sinovdan o‘tkazadi.
O. BALZAK
Musibat inson hayotining qayrog‘idir.
L. N. TOLSTOY
Baxtsizlik maktabi eng yaxshi maktabdir.
V. G. BELINSKIY
Musibat kishilar va xalqlar xarakteridagi kuchlarni hamma narsadan ham ko‘proq ochadi.
N. M. KARAMZIN
Baxtsizlik temirchining bolg‘asiga o‘xshaydi: ham majaqlaydi, ham toblaydi.
K. BOUVI
Zarurat kishini boshqa paytda aslo erisha olmaydigan narsasiga erishtiradi.
F. FENELON
Har qanday baxtsizlikning ko‘lami uning mohiyati bilan emas, balki bu baxtsizlik insonda qanchalik aks etishi bilan o‘lchanadi.
G. SENKEVICH
O‘zingni bezovta qilayotgan narsalarga munosabatingni o‘zgartir, ana shunda ular xavfidan xoli bo‘lasan.
MARK AVRELIY
Dono odam uchun haddan tashqari xursandlikka berilish ham, ortiqcha g‘am-g‘ussaga botish ham birdek nomunosibdir.
J. J. RUSSO
Eng uqubatli daqiqalarda ham ruhingni baland tutishga harakat qil.
GORASIY
Musibat mardlikka turtki bo‘ladi.
SENEKA
Mardlik qarshisida taqdir zarbalari cho‘t emas.
DEMOKRIT
Har qanday sharoitda ham ruhingni tetik tut.
L. N. TOLSTOY
Baxtsizlikdagi osoyishtalik a’lo nav dorivordir.
PLAVT
Vaziyatga moslashish va tashqi dahshatlarga qaramasdan osoyishtalikni saqlash eng yuksak insoniy donishmandlikdir.
D. DEFO
Hech qachon azob chekmagan odam emas, balki umidsizlikni boshidan kechirgan va uni yenggan kishi optimistdir.
A. N. SKRYaBIN
Vaziyat qanchalik qiyin va og‘ir bo‘lsa, qat’iylik, faoliyat, jur’at shunchalik zarurligi va hafsalasizlik esa shu qadar zararligini esda tut.
L. N. TOLSTOY
Qanday qiyin sharoitda yashashingizga to‘g‘ri kelmasin, tushkunlikka berilmang, zero o‘z kuchingizga ishoich va boshqalar uchun yashash ishtiyoqi juda katta kuchdir.
F. E. DZERJINSKIY
Hech qachon tasavvuringdagi darajada baxtsiz bo‘lmaysan.
B. PRUS
Durustroq izlasang, har bir holatda ham quvonchli nimadir topiladi.
D. DEFO
Bugungi kuning musibatli bo‘lsa, bundan ham og‘ir paytlar yuz bergani, ular ham o‘tib ketganini o‘ylab, ovunishing kerak.
N. M. KARAMZIN
Hech tuganmas baxtsizlik bo‘lmaydi, qayg‘u-g‘amning umidga nisbatan vahimasi ko‘proq.
L. NOVKNARG
Umidsizlik bizning eng katta xatolarimizdan biridir.
V. VOVENARG
Har qanday baxtsizlik ham har doim bo‘rttirilgan bo‘ladi. Uni hamisha yengish mumkin.
A. S. MAKARENKO
Baxtsizlikdan qutulish uchun har doim taqdir darcha qoldiradi.
M. SERVANTES
Og‘ir baxtsizlik uzoq cho‘zilmaydi, maydalari esa e’tibor berishga arzimaydi.
J. LEBBOK
Baxtsizlik ta’siriga berilma, biroq unga qarshi ikki baravar mardlik bilan peshvoz chiq.
VERGILIY
Har qanday tumanda ham yo‘l topsa bo‘ladi. Eng muhimi bo‘sh kelmaslik va olg‘a yurishdir.
R. ROLLAN
Diling kuymasin noumidlik bilan,
Yorug‘ kun tug‘ilgay qaro kechadan.
SA’DIY
Kishi o‘zining ayanchli ahvolidan qutulishni jon dilidan istar ekan, bunday istak natijasiz qolishi mumkin emas.
PETRARKA
Bizni baxtsizlik va ko‘ngilsizliklardan asrashga, qodir barcha vositalar, agar ular halol bo‘lsa, faqat joizgina emas, balki har qanday maqtovga ham sazovordir.
M. MONTEN
Baxtli daqiqada haddan tashqari katta ketmaslik, falokatda esa ishonchni yo‘qotmaslik lozim.
KLEOVUL
Falokatga nisbatan har qanday qarshilik ham baxtsizlikdan qutqaravermaydi, biroq har qanday baxtsizlik qarshilik ko‘rsatmay irodani yo‘qotishdan boshlanadi.
L. M. LEONOV
Achchiq ko‘z yoshlari tommaganda hayot qadahi ko‘ngilni aynitar darajada chuchmal bo‘lardi.
PIFAGOR
Hayot qimorida hammavaqt oshig‘i olchi kelaveradigan odam yo‘q.
B. PRUS
Har bir kulfatning nimadir davosi ham bor. Puling oz bo‘lsa — tashvishing kam. Omading uncha yurishmasa — hasad qiluvchilar ham kam. Hatto yuragimizga qil sig‘maydigan paytlarda xam biz ko‘ngilsizlikning o‘zidan emas, balki tasavvurimizdagi ko‘ngilsizlikdan ezilamiz.
SENEKA
Hayot juda og‘ir bo‘lganda ham yashay bil. Uni foydali qil!
N. OSTROVSKIY
Bardosh bering va kelajak davrlar uchun ham kuchli bo‘lib qoling.
VERGILIY
Tanadagi yara kabi qalbdagi yara ham hayot kuchi bilan ichdan tuzaladi.
L. N. TOLSTOY
Baxtsizlik ham qo‘rqoqqa o‘xshaydi: u qo‘rqib qaltirayotganlar ketidan quvadi, o‘ziga qarshi dadil kelayotganlardan esa qochadi.
A. JYuVE
Azob chekmaslik insonga xos emas, azobga chidamaslik esa er kishiga yarashmaydi.
SENEKA
Dunyoda hech kim baxtsizlikka mardona bardosh beradigan kishidek hurmatga sazovor bo‘lolmaydi.
SENEKA
Nodonlar baxtsizlikka itoat qiladilar va bo‘ysunadilar, aqli rasolar esa undan ustun turadilar.
U. IRVING
Eng shafqatsiz to‘siqlarni yengib o‘tishga jon-jahdi bilan intilish insonni inson qilib turuvchi oliy fazilatdir.
L. BETXOVEN
Buyuk qalb egalari azob-uqubatga botinan bardosh beradilar.
F. ShILLER
Mayda xafagarchiliklar til dagina zohir, chuqur qayg‘u esa sukutlidir.
SENEKA
Nomusli kishigina astoydil qayg‘u chekadi.
F. GEBBEL
Mard odam nola qilmay dildan azob chekadi, ojiz kimsa esa azob chekmay turib nola qiladi.
P. BUAST
Kulfatga bardosh berolmaydigan odam baxtsizdir.
BIANT
Haddan tashqari ezilib ta’sirlanish haqiqiy baxtsizlikdir.
K. VEBER
Inson o‘zi haqida qanchalik kam o‘ylasa, u shunchalik baxtliroqdir.
L. BERNE
Odamlar maqtaydigan narsalari bo‘lmasa, o‘z baxtsizliklari bilan maqtanadilar.
A. GRAF
Boshiga musibat tushgan odamga siz har doim kam qayg‘urayotgandek tuyulaverasiz.
S. JONSON
O‘zgartirolmaydigan narsangga o‘zingni yerga urmay bardosh ber.
SENEKA
Yuz berishi muqarrar bo‘lgan narsadan qo‘rqib yig‘lash bolalikdir.
V. ShEKSPIR
Yo‘qotilgan va buning ustiga bir umr yo‘qotilgan narsa to‘g‘risida qayg‘urish befoydadir.
V. ShEKSPIR
Kulfatga tushganda faqat bitta yo‘l —
G‘amni hech o‘ylama, tetik, bardam bo‘l.
V. ShEKSPIR
Qutulish mumkin bo‘lmagan narsaga bardosh bera bilish kerak.
M. MONTEN
Biz baxt deb ataydigan narsaga ham, baxtsizlik deb ataydigan narsaga ham, ularning har ikkalasiga sinov deb qaraydigan bo‘lsak, biz uchun foydalidir.
L. N. TOLSTOY
Baxtsizlikka bardosh berish haddan tashqari omadlilikka bardosh berishchalik qiyin emas: baxtsizlikka bardosh berish sizni chiniqtiradi, keyingisi esa bo‘shashtiradi.
S. SEGUR
Omadyorlik qusurimizni, baxtsizlik esa fazilatlari-mizni ochib tashlaydi.
F. BEKON
Taqdir senga g‘animlik qilgandagiga qaraganda u senga kulib boqqanda o‘zingni tuta bilishing ancha mushkulroqdir.
F. LAROShFUKO
Kuchli hayotiy larzalar mayda vahimalar jarohatini davolaydi.
O. BALZAK
Mayda kulfatlar g‘azabimizni qo‘zg‘aydi, kattalari esa aqlimizni joyiga keltiradi. Darz ketgan qo‘ng‘iroqdan so‘niq tovush chiqadi: uni ikkiga bo‘lsangiz — yana tiniq ovoz beradi.
JAN POL
Baxtsizliklar g‘oyat katta foyda keltiradi, ular qalbni yuksaltiradi, o‘z ko‘zimiz oldida o‘zimizni baland ko‘taradi.
A. I. GERSEN
Baxtsizlik insonni boyitmasa ham unga donolik bag‘ishlaydi.
J. REY
Baxtsizlik kishini yumshatadi: o‘shanda uning tabiati sezgir va oddiy bo‘ladi va odatiy, kundalik holatda turgan, inson tasavvuriga sig‘maydigan narsalarni tushunadigan bo‘lib qoladi.
N. V. GOGOL
Kitoblardan olinmaydigan donishmandlikni azob-uqubat va g‘am-g‘ussadan zarralab yig‘ib olish bizning qismatimizdir.
N. V. GOGOL
Muhtojlik damlarini unut, lekin ular o‘rgatgan saboqni esdan chiqarma.
S. GESNER
Hayot qiyinchiliklarida toblangan odam baxtli va uch karra baxtlidir.
J. FABR
ziyouz.uz