Ruhiy xotirjamlikka erishish uchun – art-terapiya
Bilasizmi, art-terapiya juda qo‘plab ruhiy zo‘riqish holatlarida insonlarga yaqindan yordam bera oladi. Biz Sizlarga aqliy va ruhiy holatni nazorat qilish uchun art-trapiyadan oddiy 13 usulni taqdim etamiz.
  1. O‘zingizni xotirjam sezmayotgan bo‘lsangiz – qo‘lingizga qog‘oz oling va uni buklab turli shakllar yasang.
  1. Agar siz qat’iy qaror qilishga qiynalayotgan bo‘lsangiz – qog‘ozga to‘lqin va aylana shaklini chizing.
  1. Nimanidir eslashga urunsangiz – labirint chizing.
  1. Tushkunlik kayfiyatida bo‘lsangiz – yo‘l rasmini tasvirlang.
  1. Kuch yig‘moqchimisiz – peyzaj (tabiat tasviri)tasvirini chizing.
  1. Agar o‘z his-tuyg‘ularingizni tushunishni istasangiz – avtoportretingizni chizing.
  1. Agar zerikayotgan bo‘lsangiz – qo‘lingizga qog‘oz oling va uni turli rangdagi gullar surati bilan to‘ldiring.
  1. Agarda o‘y-xayollaringizni bir tizimga solishga qiynalayotgan bo‘lsangiz – turli katakchalar yoki kvadrat suratini chizing.
  1. Agar siz to‘xtab qolgan, yana oldinga harakat qilishga kuch topmoqchi bo‘lsangiz – burama chiziq (spiral) rasmini chizing.
  1. O‘z istaklaringizni tartibga solishni istasangiz – kollaj tayyorlang.
  1. Agar kayfiyatingiz bo‘lmasa, nimadandir xafa bo‘lsangiz – kamalak suratini chizing.
  1. Agar siz maqsadlaringizni biror narsaga qaratmoqchi bo‘lsangiz – to‘r va nishon rasmini chizing.
  1. Agar nimadandir g‘azablansangiz shunchaki uzun chiziq yoki turli naqshlar rasmini chizing.
Asablaringizni asrang!
Xurshida Husenova
soglom.uz/tavsiya/ruhiy-xotirjamlikka-erishish-uchun-art-terapiya/