Xurmoning 10 ta foydali xususiyati
Xurmo shirinlik o‘rnini bosa oladigan mazali meva bo‘lishi bilan birga sog‘liq uchun ham foydalari talaygina.
-
Xurmo juda to‘yimli mahsulot. Uning tarkibidagi nutriyentlar, vitamin va minerallar uzoq vaqt davomida qorinni to‘q tutadi.
-
Xurmo tarkibida glyukoza ko‘p bo‘lib, u miya faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va diqqatni jamlashga yordam beradi.
-
Quritilgan xurmo tarkibida organizmni oksidlanishga qarshi himoya bilan ta’minlaydigan polifenol moddasi va S, Ye vitaminlari bor.
-
Xurmoning foydali jihatlari ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, qandli diabet kasalligidan aziyat chekuvchi insonlarga bu mevani iste’mol qilish mumkin emas.
-
Xurmo yurakni mustahkamlaydigan meva. U gipertoniya (arteriyada qon bosimining oshib ketishi) kasalligiga yo‘liqqan insonlarga ham tavsiya etiladi. Muntazam ravishda xurmo iste’mol qilish qon bosimini me’yorda saqlashga yordam beradi.
-
Xurmo shamollash va infeksiyaga qarshi kurashda ham samarali vosita. Bu meva balg‘amni tozalash va yo‘talni qoldirish chususiyatiga ega.
-
Bir nechtagina xurmo yeyish organizmni sutkasiga 27 foiz kaliy, 15 foiz magniy va 12 foiz B vitamini bilan ta’minlaydi. Stress yoki surunkali charchash holatlariga yo‘liqqan kishilarga bu meva, ayniqsa katta yordam beradi.
-
Xurmo quvvatni oshiruvchi va tetiklashtiruvchi meva bo‘lgani uchun, og‘ir kasallik yoki operatsiyadan so‘ng organizmning tez tiklanishiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.
-
Xurmo organizmdan ortiqcha suvni chiqarib tashlash hususiyatiga ega. Shuning uchun u buyrak kasalliklaridan aziyat chekuvchilarga tavsiya qilinadi.
-
Bitta xurmoni bir stakan sut bilan birga iste’mol qilish organizmni kerakli aminokislotalar bilan ta’minlay oladi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.
soglom.uz/tavsiya/xurmoning-10-ta-foydali-xususiyati/