Jo‘xorili blinchik
Zarur mahsulotlar: 1 stakan jo‘xori uni, 2 stakan bug‘doy uni, 2stakan sut, 4dona tuxum, 1 stakan qaymoq, 25 gr xamirturush, ta’bga ko‘ra tuz, ta’bga ko‘ra shakar.
Tayyorlanishi:
-
Sutga xamirturushni solib, ko‘p bo‘lmagan miqdorda bug‘doy unidan qo‘shamiz. Chetga olib qo‘yamiz, ko‘pguncha qolgan masalliqlarni tayyorlaymiz.
-
Tuxum sarig‘iga tuz va shakar qo‘shib ko‘pirtiramiz, so‘ng jo‘xori va bug‘doy unidan qo‘shamiz. Issiq joyga qo‘yamiz va ko‘pishini kutamiz.
-
Qaymoq va tuxum oqini ko‘pirtiramiz, xamirlarga qo‘shib, qoramiz.
-
15 daqiqa turgandan so‘ng, odatdagiday pishirib olamiz.
Uy BEKASI
soglom.uz/tavsiya/joxorili-blinchik/