Zarur masalliqlar: 4 stakan un, 1 stakan suyuq qaymoq, 0,5 stakan shakar kukuni, 250 gr margarin, 5 dona tuxum, 1 choy qoshiqdan limon sharbati va qabartirgich.
Tayyorlanishi: unga qabartirgichni solib aralashtiriladi. So‘ng unga xona haroratidagi margarinni solib, aralashtirishda davom etiladi. Tuxum sarig‘i va suyuq qaymoqni solib o‘rtacha qattiqlikda xamir qoriladi. Tayyor bo‘lgan xamirni kichik zuvalalarga bo‘lib, muzlatkichga 30 daqiqaga qo‘yiladi. Xamir tayyor bo‘lguniga qadar tuxumning oqi mikser yordamida ko‘pirtiriladi. Asta-sekinlik bilan shakar solib aralashtirish davom ettiriladi. Oxirida bir choy qoshiq limon sharbati qo‘shib yuboriladi. Xamirni muzlatkichdan olib, har bir zuvala 1-2 mm. qalinlikda yoyib chiqiladi. So‘ng ichiga 1 qoshiq bize solib, oldin ikkiga keyin to‘rtga buklab, maxsus qog‘oz solingan listga teriladi. Pishiriq qizdirilgan gaz pechida 20-25 daqiqa davomida pishirib olinadi. Shirinlik tayyor bo‘lgach, ustiga shakar kukuni sepib dasturxonga tortiladi.
BEGOYIM
soglom.uz/tavsiya/chiganoq-shirinligi/