Tomoq og‘rig‘ini bartaraf etish uchun oddiy muolajalar
  • Tomoq og‘rig‘ini qoldirish maqsadida bir stakan suvga bir choy qoshiq ichimlik sodasi, to‘rt qoshiq tuz, to‘rt tomchi yod tindirmasi (yod nastoykasi) solib aralashtiriladi va og‘izga solib g‘arg‘ara qilinadi.
  • Yerqalampir ildizlarini maydalab undan damlama tayyorlanadi. So‘ng u bilan tomoq chayilib g‘arg‘ara qilinadi.
  • Xantal (gorchitsa) suvi bilan og‘iz bo‘shlig‘i g‘arg‘ara qilinadigan bo‘lsa, tomoq og‘rig‘idan forig‘ bo‘linadi.
  • Nilufar ildizidan ozginasini og‘zingizga solib tursangiz ham tomoq og‘rig‘idan qutulasiz.
  • Maymunjon barglaridan 4 choy qoshiq olib, uning ustiga 2 stakan qaynoq suv solib, idishning qopqog‘i yopilgan holda bir soat davomida damlanadi. Iliq holida sharbatdan yarim piyola miqdorida to‘rt mahal ichiladi.
  • Bir chimdim achchiqtosh suvda eritilib, iliq holda tomoq g‘arg‘ara qilib turilsa, tez orada tomoq og‘rig‘i to‘xtaydi.
  • Tomog‘i og‘riganda bemor moychechak (romashka) hamda qoncho‘p (chistotel) aralashmasidan quyuq damlama tayyorlab, iliq holda og‘izni chayib, g‘arg‘ara qilib tursa, tomoq og‘rig‘i butunlay to‘xtaydi.
  • Sarimsoqning bosh piyozini bir kecha – kunduz sirkada ho‘llab, o‘sha sirka bilan g‘arg‘ara qilsangiz ham bu darddan darrov qutulasiz.
  • Marjon daraxtining barglarini qaynatib, g‘arg‘ara qilinsa yaxshi foyda beradi.
  • Bosh piyozning maydalangan quruq po‘stlog‘idan 3 choy qoshiq olib, 1 stakan qaynoq suv bilan 4 soat damlanib keyin suzilib, sharbati bilan og‘iz chayilib, g‘arg‘ara qilinsa tomoq og‘rig‘idan qutuladi.
  • Murtak bezlari yallig‘lanish arafasida bo‘lsa, tozalangan kerosinga paxta pilikchasini namlab, tomoqqa har yarim soatda surtib turiladigan bo‘lsa, bir kunda darddan forig‘ bo‘ladi.
  • Anjirni suvda qaynatib, suvi bilan g‘arg‘ara qilinsa, til shishlarini yo‘qotadi.
  • Anjir mevalarining qaynatmasidan ichib turilsa, murtak bezlarining yallig‘lanishiga xotima beradi.
  • 1 qoshiq borat kislotasini 1 stakan suvda eritib, iliq holda tomoq g‘arg‘ara qilib turilsa, tez orada tomoq og‘rig‘i to‘xtaydi.
  • Sunbulni qaynatib, suvi bilan og‘iz chayilsa, og‘iz ichidagi yara – chaqalarni tuzatadi.
  • Agar og‘zingig‘da yomon hid bo‘lsa, sarimsoq va qalampirmunchoqni ezib, asalga aralashtirib iste’mol qiling.
soglom.uz/tavsiya/tomoq-ogrigini-bartaraf-etish-uchun-oddiy-muolajalar/