Gijjalarga qarshi tabiiy sharoitda kurashamiz
Ayrim bolalarda ostritsa gijjalari bo‘ladi. Ulardan qutulishda piyozning ahamiyati kattadir.
Buning uchun bir bosh piyozni bir stakan qaynatilgan iliq suvga solib, 7-8 soat qo‘yib qo‘yiladi va bir qoshiq asal qo‘shib, ta’m beriladi. Tayyor bo‘lgan dorivorni ertalab och qoringa yarim stakandan to‘rt kun davomida berib turish kerak bo‘ladi.
Shuningdek, gijjalarni haydashda arpa solodi (undirib yanchilgan arpa) damlamasi ham yaxshi foyda beradi. Buning uchun 2-3 qoshiq undirib yanchilgan arpa doniga 1 stakan qaynoq suv quyilib, 10-15 daqiqa qaynatiladi va 4-5 soat tindiriladi. Ushbu damlama 1 qoshiqdan ovqatlanish oldidan qabul qilinadi.
Yuqorida keltirilgan damlamalarni iloji boricha yangi-yangi tayyorlash maqsadga muvofiq.
Shuningdek, bu dorivorlarga qo‘shimcha momaqaymoq yaprog‘idan salat tayyorlab iste’mol qilish foydalidir. Faqat yaproqlarni ishlatishdan avval achchig‘ini ketkazish kerak bo‘ladi. Buning uchun ko‘katni tuzli suvga solib qo‘yish va 5 daqiqa qaynatib olish kerak.
soglom.uz/tavsiya/gijjalarga-qarshi-tabiiy-sharoitda-kurashamiz/