Sog‘lom odam tabiatning eng bebaho asaridir.
T. KARLEYL
Inson — tabiatning yer yuzidagi oliy mahsulidir. Biroq tabiat yaratgan mo‘jizalardan bahra olmoq uchun inson sog‘lom, baquvvat hamda zukko bo‘lmog‘i zarur.
I. I. PAVLOV
Biz insonning har tomonlama kamol toptirmoqni istaymiz, toki u bemalol yuguradigan, suzadigan, tez va chiroyli odimlay oladigan bo‘lsin,uning to‘rt muchasi sog‘ bo‘lsin, qisqasi, u mehnat va mudofaaga hamisha hozir turishi uchun jismonan hamda aqliy qobiliyati bab-baravar rivoj topgan rosmana, sog‘lom odam bo‘lsin.
M. I. KALININ
Sog‘lik — boylikdan a’lo.
J. REY
Sog‘lik — oltindan qimmat.
V. ShEKSPIR
Vshlikda u qadar qadriga yetilmagan sog‘lik balog‘at yillarida chinakam baxtga aylanadi; umrning ko‘pi ketib, ozi qolgan paytda esa odam yashashning mazasini tushuna boshlaydi.
I. M. KARAMZIN
Insonning nazdida salomatlikning bahosi yo‘q, chunki salomatlik bo‘lmasa, na farog‘at va na xashamat tatiydi.
N. G. ChERNIShEVSKIY
Jisman baquvvat odam issiq,a ham, sovuqqa ham bardosh beradi. Xuddi shuningdek, ruhan tetik odam gazabga ham, qayguga ham, shodlikka ham, boshqa kechinmalarga ham chidaydi.
EPIKTET
Soglik undan bahramand kishiga ham boshqalar uchun ham buyuk ne’matdir.
T. KARLEYL
Siz o‘z sog‘ligingizni tong va bahordan oladigan huzur-halovatingizga qarab baholang.
G. TORO
Sog‘likning o‘zi huzur yoki u yoqimli olov tafti kabi so‘zsiz huzur baxsh etadi.
T. MOR
Soglik hayotning shunday ne’matidirki, chindan ham betob podshodan sog‘lom gado ming karra baxtiyordir.
A. ShOPENGAUER
Baxtimizning o‘ndan to‘qqiz ulushi sog‘ligimizga bog‘liq.
A. ShOPENGAUER
Baxt, eng avvalo soglik demakdir.
G. KURTIS
Vaxt salomatlik samarasidir, binobarin, har bir odam o‘z a’zolarini asrab-avaylamog‘i lozim.
S. SMAYLS
Hayotning qadriga yetmagan odam undan bahramand bo‘lishga ham loyiq emas.
LEONARDO DA VINChI
Sog‘lik — donolar uchun davlat.
P. BERANJE
Umrimiz jahblatimiz tufayli qisqaradi.
G. SPENSER
Inson 1OO yil yashashi mumkin. Lekin biz o‘zimizning tiyiqsizligimiz, palapartishligimiz, o‘z organizmimizga nisbatan shafqatsizligimiz tufayli bu muddatni ko‘p yillarga qisqartirib yuboramiz.
I. P. PAVLOV
Kishining kuchdan qolishp yemiruvchi yillar kasri emas,ko‘pincha bebosh yoshlikning asov g‘alayonlari oqibatidir. Yoshlikdagi maishiy tiyiqsiz nafs keksalykka shalviragan tanani hadya etadi.
SISERON
Hech kim umri qisqa bo‘lib tugilmaydi, uni o‘zimiz qisqartiramiz; umrimiz tugal, ammo uni biz yelga sovuramiz. Agar oqilona foydalanilsa, umr juda uzoq davom etadi.
SENEKA
Odamlar uzoq umr xohlashadi-yu, ammo uni ehtiyot qilishmaydi.
J. LABRUER
Shunday paytlar keladiki, odam yuz yil yashamasdan oldin o‘lishga uyaladigan bo‘ladi, bunga imonimiz komil.
I. M. TARXANON
Umr bizga uni so‘nggi daqiqalarga qadar mardona himoya qilish sharti bilan berilgan.
Ch. DIKKENS
Boshqalar uchun yashamoqchi bo‘lgan odam o‘z hayotiga ham befarq bo‘lmasligi lozim.
J. GYuYO