Tartib-intizomning eng zo‘r maktabi — oila.
S. SMAYLS
Yangi oilaning bosh vazifasi — inson va grajdanni tarbiyalash vazifasi bo‘lmog‘i kerak.
A. GRAMShI
Oila hayotining bosh muddao va maqsadi bolalar tarbiyasidir. Bolalar tarbiyasining bosh maktabi esa eru xotin, ota-onaning o‘zaro munosabatidir.
V. A. SUXOMLINSKIY
Oilaviy tartibotning tashqi ko‘rinishi — o‘zboshimchalik bilan ish tutish ham, g‘azab ham, baqiriq-chaqiriq ham, iltijo ham yalinib-yolvorishlar ham emas, balki osoyishtalik, jiddiylik va ishbilarmonlik bilan qilingan farmoyishdan iborat bo‘lmog‘i kerak. Bunday farmoyish berish huquqi oila a’zolarining yoshi ulug‘ vakili sifatida ayni sizga berilganligi xususida o‘zingizda va na bolalaringizda hech bir shubha qolmasligi kerak.
A. S. MAKARENKO
O‘zboshimchalikni yong‘indan ham tezroq o‘chirmoq zarur.
GERAKLIT
Bola uchun birinchi saboq, mayli, itoatkorlik bo‘la qolsin — shunda sen nimani zarur deb topsang, o‘sha ikkinchi saboq bo‘ladi.
T. FULLER
Inson tabiatiga bolalikda singdirilgan fazilatlargina mustahkam va ishonchli bo‘ladi.
Ya. KOMENSKIY
Farzandingizni tolesiz qilishingizning eng sinalgan usuli qandayligini bilasizmi — u nima desa, hammasiga xo‘p deng.
J. J. RUSSO
Agar bolangizga yon beraversangiz, u sizga hukmdor bo‘ladi; hatto uni itoat ettirish uchun ham daqiqa sayin uning aytganiga ko‘nishingizga to‘g‘ri keladi.
J. J. RUSSO
Ko‘pdan-ko‘p baxtsizliklarning ildizi shundaki, yoshlikdanoq bolani o‘z xohishlarini tizginlashga, bu ishni qilish mumkin, bunisini albatta qilish kerak, buni qilish esa mumkin emas, degan tushunchalarga to‘g‘ri yondashishga o‘rgatilmaydi.
V. A. SUXOMLINSKIY
Bolalar bilan elburutdan yuksak materiyalar, ularning mag‘zini chaqish xususida fikrlashish yaramaydi. Bolalar orasidaxuddi shunday sharhlovga duch kelganlaridan ko‘ra pastkashrog‘i yo‘q. Aql-idrok qolgan barcha qobiliyatlardan kyoyin taraqqiy etadi, binobarin, ishni aqlni peshlashdan boshlash — teskari ish yuritish, degan so‘z. Agar barcha narsalarning sabab-mohiyati, izohi bolalarga ma’lum bo‘lganda edi, ularni tarbiyalashga zarurat qolmagan bo‘lur edi.
J. J. RUSSO
Ayni o‘sha o‘z farzandlarini yomon tarbiyalaydigan ota-onalar, umuman, pedagogikaning me’yorini mutlaqo bilmaydigan kishilargina pedagogik suhbatlar ahamiyatini haddan tashqari bo‘rttirib yuboradilar.
A. S. MAKARENKO
Tarbiya san’atining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u deyarli hammaga tanish va tushunarli, ba’zi birovlarga — hatto osondek tuyuladi, kishi tarbiya san’ati bilan nazariy yoki amaliy jihatdan qanchalik kam tanish bo‘lsa, unga bu shu qadar tushunarli va osondek bo‘lib ko‘rinaveradi.
K. D. UShINSKIY
Oilaviy tarbiya ota-onalar uchun avvalo o‘z-o‘zini tarbiyalash demakdir.
N. K. KRUPSKAYa
Insonni hamma: odamlar, buyum va narsalar, voqea-hodisalar, ammo eng avvalo va aksari hollarda odamlar tarbiyalaydi. Bular orasida esa ota-onalar bilan o‘qituvchilar birinchi o‘rinda turadilar.
A. S. MAKARENKO
Bolalarning murg‘ak qalbiga hech bir narsa ibratdek kuchli ta’sir etmaydi va barcha ibratlar ichida esa ota-ona ibratidan ko‘ra chuqurroq va mustahkamroq o‘rin oladigan ibrat yo‘q.
N. I. NOVIKOV
Ota-ona izzat-obro‘sining poydevori faqat ularning yurish-turishi-yu, ishlari, fuqorolik qiyofalari va xulq-atvorlaridir.
A. S. MAKARENKO
Bolalarning gunohi ham, xizmatlari ham ko‘p jihatdan ota-ona gardaniga tushadi va ularning vijdoniga havola etiladi.
F. E. DZERJINSKIY
Axloqiy tubanlikdan, o‘rinsiz xushsuxanlikdan Ogoh bo‘lmasa har kim, Rasvo bo‘lgan farzandining holini ko‘rar bir kun.
J. CHOSER
Agar odamlar bolalaring haqida yomon gapirishsa, ular seni yomonlayotganlaridir.
V. A. SUXOMLINSKIY
Bolangizni u bilan gaplashayotgan, biror narsa o‘rgatayotgan yoxud unga biror ish buyurayotganingizdagina tarbiyalayapman, deya o‘ylamang. Siz uni hayotingizning har bir soniyasida tarbiyalab borasiz. So‘zingiz ohangidagi zig‘irdek o‘zgarishni ham bola sezib yoki his etib turadi, fikringizdagi ozgina burilish ham ko‘rinmas yo‘llar bilan bolangizga yetib turadiki, buni o‘zingiz sezmay qolasiz.
A. S. MAKARENKO
Bolalarni o‘stirish va tarbiyalash ulkan, jiddiy va haddan tashqari mas’uliyatli ishdir.
A. S. MAKARENKO
X.ozirgi ota onalar farzandlarga tarbiya bera turib. Vatanimizning istiqbol tarixini, demakki, jahon tarixini tarbiyalaydilar.
A. S. MAKARENKO
Xalqning baxt-saodati bolalarni to‘g‘ri tarbiyalashga bog‘liq.
J. LOKK
Bolalar — bizning kelajagimiz! Ular maqsad va g‘oya-larimiz yo‘lida kurashmoq uchun yaxshi qurollangan bo‘lishlari kerak.
N. K. KRUPSKAYa
Bolalar ertangi kunimizning hakamlari, qarashlarimiz, ishlarimizning munaqqidlaridir, ular yangi turmush formalarini bunyod etish uchun ulug‘ ishlarga chog‘lanib, dunyoga kelgan kishilardir.
M. GORKIY
Bolalarimiz — bizning kek-saligimiz. Yaxshi tarbiya — bizning baxtli keksaligimiz, yomon tarbiya — bo‘lg‘usi g‘am-alamlarimiz, ko‘z yoshlarimiz, boshqa odamlar oldidagi, butun mamlakat oldidagi aybimiz demak.
A. S. MAKARENKO
Tarbiya… nihoyatda mashaqqatli ish. Mana endi hammasi joyida bo‘ladi, deb o‘ylaysan! Qarasang, ishlar boshqacha: hammasi endi boshlanayotgan bo‘ladi.
M. Yu. LERMONTOV
Bola tarbiyasi uchun davlatni boshqarishdan ko‘ra ham teranroq mushohada, undan ham chuqurroq donishmandlik kerak.
U. ChENNING
Bolasini suyishni tovuq ham biladi. Ularni tarbiyalay olmoq esa — qobiliyat va keng hayotiy bilimlarni talab etuvchi davlat miqiyosidagi buyuk ishdir.
M. GORKIY
Mezanadan turib va’z aytish, minbarda hammani og‘zingga qaratish, o‘rtaga chiqarib saboq berish bittagina bolani tarbiyalashdan ko‘ra xiyla yengilroqdir.
A. I. GERSEN
Bir odam bilan gaplashishdan ko‘ra olomon bilan ganlashish birmuncha osonroq.
J. RENAR
Tarbiya masalasida mayda narsa yo‘q.
N. I. PIROGOV
Ota-onalar ko‘pincha «tarbiya» so‘zi bilan «ma’lumot» so‘zini chalkashtirib qo‘yadilar va bolaga ma’lum darslarni o‘qitib o‘rgatish bilan unga tarbiya berdik, deya o‘ylaydilar. Yillar o‘tgach, ota-onalarning hafsalalari pir bo‘lishining sababi ham mana shunda.
A. G. RUBINShTEYN
Mening fikrimcha, barcha mutafakkirlar tarbiyani yo‘rgakdan boshlash kerak, degan xulosaga kelganlar.
N. I. PIROGOV
Inson tarbiyasi u tugilishi hamono boshlanadi; chaqaloq hali gapirmaydi, so‘zga quloq solmaydi, ammo o‘rgana boshlaydi. Bilish tarbiyadan kelib chiqadi.
J. J. RUSSO
Yoshlikda yuqqan odat va rusum nihoyatda mustahkam bo‘ ladi; biz buni tarbiya deb ataymizu, lekin bu tub mohiyati bilan erta shakllangan odat-ko‘nikmalardan boshqa narsa emas.
F. BEKON
Odamga bolalikdan singdirilgan odatlar yosh daraxt tanasiga o‘yib yozilgan harflarga o‘xshaydiki, ular daraxt bilan birga o‘sadi, voyaga yetadi daraxtning tarkibiy qismiga aylanib qoladi.
V. GYuGO
Bosilgan qadam — odatga, odat — xarakterga, xarakter esa qismatga aylanadi.
U. TEKKEREY
Bolalarda o‘z-o‘zini emas, odamlarni sevish tuyg‘usini tarbiyalamoq kerak. Buning uchun ota-onaning o‘zi odamlarni sevishi lozim.
F. E. DZERJINSKIY
Odatda farzandlarimizga bilimlarimizni berish o‘zimizning ixtiyorimizda, orzu-intilishlarimizni esa undan ham ko‘proq berishimiz kerak.
Sh. MONTESKE
Hayotdan to‘la zavqlanish, ya’ni baxtga erishmoq uchun — bolalarda «buyuk muhabbat» uyg‘otish — vatanga, millatga, insoniyatga, tafakkur qudratiga ishonishga, inson qalbining go‘zalliklari oldida hayratlanishga o‘rgatmoqqa qodir bo‘lgan narsa faqatgina insonga, shaxsga nisbatan jonli va hayotbaxsh hurmat hislarini tugdira bilishdir.
M. GORKIY
Bolalaringizga yaxshilikni singdirib o‘stiring, unga baxtni faqatgina shu beradi.
L. BETXOVEN
Muntazam taraqqiy etadigan, gullab-yashnaydigan va hamisha baxt-saodatli jamiyat bunyodkorlari bo‘lgan shaxslarda yaxshi xarakterlarni shakllantirmoq uchun har biri yoshlikdanoq kuchli va qobiliyatiga qarab kundalik foydali ishga o‘rgatilmog‘i kerak.
R. OUEN
Bolalik boshdan-oxir bayramdan iborat bo‘lib qolmasligi kerak. Bolalarning kuchiga yarasha mehnat shijoati bo‘lmasa, u holda bola mehnat — baxtligini tushunib yetmaydi.
V. A. SUXOMLINSKIY
Jismoniy mashqlar aqliy mashg‘ulotlarga zarar yetkazadi, deya fikr yuritish ayanchli yanglishuvdir! Go‘yo bu ikki ish bir-biri bilan yonma-yon, bir-biriga mushtarak holda olib borilishi mumkin emas emish!
J. J. RUSSO
Agar bolalar mehnat qilishga undalmaganlarida na savodxonlikka, na muzika, na gimnastikaga, hattoki insonda ezgulikni mustahkamlovchi nomusga ham o‘rganmagan bo‘lur edilar. Odatda nomus ana shu mashg‘ulotlarning yetarligidan dunyoga keladi.
DEMOKRIT
E’tiboringizni bolalardagi qusur va illatlarga barham berishgagina emas, ularda hayotbaxsh muhabbat uyg‘otishga qarating; muhabbat bor joyda —
axloq bolaga tuyg‘u sifatida singdirib yuborilmog‘i kerak.
G. GEGEL
Odamzodning birinchi tarbiyachilari onalardir.
O. GOLDSMIT
Bolalari bo‘la turib zerikkan ayol nafratga loyiqdir.
JAN POL
Bizga yaxshi onalarni beringlar, biz yaxshi odamlar bo‘lib yetishamiz.
JAN NOL
Bolaga munosabat masalasida o‘zi axloqan toza bo‘lishi uchun ham ona zarur bilimlarga ega bo‘lmog‘i kerak. Nodon ona esa mehru muhabbati qanchalik kuchliligidan qat’i nazar, yomon tarbiyachi bo‘lib qolaveradi.
N. I. MECHNIKOV
Haqiqiy va to‘la insoniy grajdanlik hayoti bilan yashagan onagina bolalarni yaxshi tarbiyalaydi, bu masalada ibrat ko‘rsatadi, mehru muhabbat, hayratu olqish oladi, odamlarda o‘ziga taqlid qilish istagini uyg‘otadi. O‘z burchini bolalarga xizmat qilish bilan chegaralab qo‘ygan ayol esa tarbiyachi ona emas, o‘z bolalarining qulidir.
A. S. MAKARENKO
Ota dunyodan ko‘z yumganda, bolalariga ota o‘rnini bosadigan ayolgina chinakam onadir.
I.GYoTE
Ota-onalar o‘z bolalarini sertashvish va saxovatli qalb bilan sevadilarki, bu hol bola tarbiyasiga zarar yetkazadi.illat bo‘lmaydi. Yomonlik yo‘q qilib tashlansa-yu, o‘rni yaxshilik bilan to‘ldirilmasa, buning samarasi bo‘lmaydi: bu narsa bo‘shliqni vujudga keltiradi, bu bo‘shliq esa to‘xtovsiz ravishda boshqa bo‘shliq bilan to‘lib boradi; birini quvsangiz, ikkinchisi paydo bo‘ladi.
V.G.BELINSKIY
Tarbiyaning ilk bosqichida bolalar siymosida amaldorni ham, shoirni ham, hunarmandni ham emas, insonni ko‘rmoq zarur, keyin u inson bo‘lgani holda oxir-oqibat u yoki bu kasbni egallaydi.
V. G. BELINSKIY
Yahshi tarbiya sifati haqida ko‘p mulohaza yuritadilar. Tarbiya deganlari garchi yaxshi xislatlarni o‘z ichiga olsa-da, men undan, eng avvalo, sotqin odamni tarbiyalamaslikni talab etardim.
J. J. RUSSO
Bolalar olami uchun va istagan yoshdagilar uchun ham g‘oyatda zarur bo‘lgan bitta axloqiy saboq borki, u ham bo‘lsa hech kimga yomonlik qilmaslikdir.
J. J. RUSSO
Ilk tarbiya hamma narsadan ham muhim bo‘lib, u shubhasiz ayollar zimmasidadir.
J. J. RUSSO
Millatning kelajagi onalar qo‘lidadir.
O. BALZAK
Dastlabki paytlarda bola uchun ona tarbiyasi hamma narsadan muhimroqdir, binobarin ahloq bolaga tuyg‘u sifatida singidirib yuborilmog‘i kerak.
G.GEGEL
Boshqacha bir ziyrak osoyishta muhabbat ham borki, u bolalarni vijdonli qilib tarbiyalaydi. Haqiqiy otalik muhabbati xuddi shunday bo‘ladi.
D. DIDRO
Ota bo‘lish otalik qilishdan ancha yengil.
V. O. KLYuChEVSKIY
Ota bo‘lish juda oson. Otalik qilish esa qiyin.
V. BUSh
Tug‘dirgan emas, tarbiyalagan — ota.
MENANDR
Ota donoligi bolalar uchun chinakam saboqdir.
DEMOKRIT
Maktablar ko‘pligiga qaramay, yaxshi otalarsiz yaxshi tarbiya bo‘lmaydi.
N. M. KARAMZIN
Qorovuldan tortib ministrgacha — istagan xodimni xuddi shunday yoki undan ham qobiliyatlirog‘i bilan almashtirish mumkin. Yaxshi otani esa yaxshi ota bilan almashtirib bo‘lmaydi.
V. A. SUXOMLINSKIY
Bitta ota yuzta o‘qituvchidan ustun demakdir.
J. GERBERT
Otaning qattiqqo‘lligi — ajoyib dori: achchig‘idan ko‘ra shirini ko‘p.
EPIKTET
Ota bolalarni bino qilish, ularni yedirib-ichirish bilan o‘z zimmasidagi vazifaning uchdan birinigina bajargan bo‘ladi. U bolalarini odamzod qatoriga qo‘shmog‘i, jamiyatga esa — faol kishilarni, davlatga — grajdaninni yetishtirib bermog‘i kerak. Shu uchala qarzini uzishi mumkin bo‘lgani holda bu ishni bajarmagan har qanday kishi aybdordir, bordi-yu, bu qarzning yarminigina uzsa, yana battarroq aybdor bo‘ladi. Kimki zimmasidagi otalik burchini bajarmasa, u ota bo‘lish huquqidan mahrumdir.
J. J. RUSSO
Bolani tarbiyalash jarayonida kelgusidagi uning oldida turgan keksalikni ham o‘ylamoq kerak.
J. JUBER
O‘z o‘g‘lini hech bir foydali ishga o‘rgatmagan odam o‘g‘ri boqayotgan bo‘ladi.
T. FULLER
Yomon bolalar uchun ota-onani jazolamoq kerak.
M. GORKIY
Ota-onaning farzandga muhabbati ko‘r-ko‘rona bo‘lmasligi kerak. Bolaning hamma talabini bajaraverish, uni ham-mavaqt ham konfet va shunga o‘xshash narsalar bilan siylayverish uning qalbini majruh qilib qo‘yishdan boshqa narsa emas.
F. E. DZERJINSKIY
Ota-onalar tomonidan barcha injiqliklariga quloq solib, erka-tantiq qilib o‘stirilgan bolalar xudbin va irodasiz kishilar bo‘lib yetishadilar.
D. E. DZERJINSKIY
O‘z bolalarini o‘ta yasantirib qo‘yish va ularni erkalatib yuborish aqldan emas.
I.T.POSOSHKOV
Bolani baxtli qilaman deb, uni go‘daklikdan erkalatib taltaytirish aqldan emas.
V. GYuGO
Bolalarni shirinliklar, pechene va konfetlar bilan siylab, ulardan sog‘lom kishilar yetishtirib bo‘lmaydi. Ma’naviy oziq ham xuddi yegulik kabi oddiy va to‘yimli bo‘lmog‘i kerak.
R. ShUMAN
Bolalarni hammavaqt ham taqdirlayverish yaramaydi. Buning oqibatida ular o‘zlariga bino qo‘ya boshlaydilar va bolalarda sal narsaga o‘zlarini taroziga solish fikri kuchaya boradi.
I. KANT
Bolaning sazasini o‘ldiraverish va barcha harakatlari, o‘y-fikrlarini tinimsiz yo‘lga solaverish doimo uni hayotga yaroqsiz qilib boradi; bunday bolalar faqat aytganini qiladigaigina emas, afsuski, o‘ta shaxsiyatparast va o‘ziga bino qo‘ygan kishilarga aylanadilar.
F. F. LESGAFT
Ota-ona muhabbatining faqat bolaga qaratilishi dahshatli adashuvdir.
A. S. MAKARENKO
Bolaga sajda qilmang: ulg‘ayganda u joningizni oladi.
N. BUAST
Hatto bolalar bilan muomalada ham to‘g‘ri so‘z bo‘l: biron narsa va’da qildingmi, bajar, aks holda, uni yolg‘onchilikka o‘rgatasan.
L. N. TOLSTOY
Haqqoniylik hamma joyda, ayniqsa, tarbiya masalasida eng muhim omildir.
L. N. TOLSTOY
Bolalarni shafqatsizlik bilan ham qo‘rqitolmaysan, ular faqat yolg‘ongagina toqat qila olmaydilar.
L. N. TOLSTOY
O‘zingiz shubha bilan qaragan iarsani bolaga mutlaqo o‘rgata ko‘rmang, agar siz uning nozik-nihol yillarida bolalik onlarining pokizaligi va ilk taas-surotlari unda muhrlanib qolsin, deb uning qalbiga nima bilandir ta’sir etmoqchi bo‘lsangiz, u holda ayniqsa yolg‘ondan ogoh bo‘ling, chunki aytilayotgan narsaning yolgonligini o‘zingiz sezib turasiz.
J. RESKIN
Uddasidan chiqib bo‘lmaydigan narsa haqida bolaga va’da bermang va uii hech qachon aldamang.
K. D. UShINSKIY
Bolalikka buyuk hurmat-ehtirom bilan qarash lozim.
YuVENAL
Inson shaxsiyatini chinakamiga hurmat qiluvchi kishi uni o‘z farzandi siymosida, ya’ni bola o‘z «meni»ni his etib, tevarak-atrofdagi olamdan ajralib chiqqanini anglagan daqiqalardan boshlaboq hurmat qilmog‘i zarur.
D. I. PISAREV
Go‘dak — idrokli vujuddir, u o‘z hayotidagi ehtiyojlar. qiyinchiliklar va to‘siqlarni yaxshi biladi. Bu o‘rinda unga nisbatan zolimona amru farmonlar, majburiy tartib-intizom, ishonchsiz nazorat emas, balki shirin muomalali mu-rosa, tajribaga ishonch, hamkorlik, ahil yashash ko‘proq qo‘l keladi.
Ya. KORChAK
Bola haqida haqqoniy va adolatli fikr yuritmoq uchun biz uni o‘z olamidan yulib olib, o‘zimiz bilan teng qo‘ymasligimiz, balki biz ularning ruhiy olamiga kirib bormog‘imiz kerak.
N. I. PIROGOV
O‘z bolaligini unutgan tarbiyachi yomon tarbiyachidir.
M. EBNER-EShENBAX
Bolalikka bolalik onlarida pishib yetilish imkonini bering.
J. J. RUSSO
Bolalikni seving, uning o‘yin va ermaklariga, murg‘akkiia tabiiy tuyg‘ulariga e’tibor bering! Labdan kulgi arimaydigan, qalb shu olamdan to‘xtovsiz huzurlanadigan o‘sha daqiqalarni qay biringiz, axir, achinish bilan eslamaysiz?
J. J. RUSSO
Bolani aqlli va mulohazali qilmbq uchun uni baquvvat va sog‘lom o‘stiring: mayli, u ishlasin, tinmasin, yugurib-elsin, baqirib-chaqirsin, ishqilib, doimiy harakatda bo‘lsin!
J. J. RUSSO
Tarbiya sohasidagi eng og‘ir nuqson haddan tashqari shoshqaloqlikdir.
J. J. RUSSO
Agar siz bolalarning sho‘xliklariga yo‘l bermasangiz, unda hech qachon donishmandlarni dunyoga keltira olmaysiz.
J. J. RUSSO
Mayli, bola sho‘xlik ham, to‘polon ham qilsin, faqat bu sho‘xligi va to‘poloni zararli bo‘lmasin, jismoniy va axloqiy hayosizlikka aylanib ketmasin; mayli bu sho‘xligi va to‘poloni beixtiyor, o‘ylanmay qilingan bo‘lsin, ammo ahmoqona va bema’ni bo‘lmasin, binobarin, aslida ruhsizlik va jonsizlikdan yomoni yo‘q.
V. G. BELINSKIY
Qobiliyatni ko‘rsatish uchun imkoniyat bo‘lmagan joyda qobiliyatning o‘zi ham yo‘q.
L. FEYERBAX
Bolani o‘yinga to‘g‘ri o‘rgata bilish mahorati unga olam sirlarini mutolaaga qaraganda kengroq va ishonchliroq namoyon etadi.
J. FABR
Bolalarning o‘yinida ko‘pincha chuqur ma’no yotadi.
F. ShILLER
Bolalarning aksari o‘yinlari kattalarning jiddiy faoliyatiga taqliddir.
Ya. KORChAK
Faollik, ish, xizmat katta yoshdagi kishilar hayotida nechog‘li ahamiyatga molik bo‘lsa, bolalar uchun o‘yin ham ana shunday muhim ahamiyat kasb etadi. Bola o‘yinda o‘zini qay holda tutsa, o‘sib-ulg‘aygach, ishda ham aksari o‘zini shunday tutadi. Shu boisdan ham bo‘lajak arbobning tarbiyasi avvalo uning o‘yinida yuz beradi.
A. S. MAKARENKO
O‘yin shunday bir ulkan yorug‘ oynadirki, u orqali bolaning ruhiy dunyosiga, uni o‘rab olgan olam haqida hayotbaxsh tasavvur va tushunchalar to‘lqini kirib turadi. O‘yin sinchkovlik va qiziquvchanlik olovini o‘t oldiruvchi uchqundir.
V. A. SUXOMLINSKIY
Bolalar go‘zallik, o‘yin, ertak, muzika, rasm, xayol, ijodiyot olamida yashamoqlari kerak.
V. A. SUXOMLINSKIY
Bolalar hamisha nima bilandir bajonidil band bo‘ladilar. Bu juda foydali, shuning uchun unga xalaqit berish emas, aksincha, ularning doimo biror-bir ish bilan mashg‘ul bo‘lishlarining chora-tadbirlarini ko‘rish kerak.
Ya. KOMENSKIY
Bolani go‘dakligidanoq shunday shart-sharoitga qo‘ymoq kerakki, toki u yashasin, o‘ynasin va mehnat qilsin, o‘z quvonch va qayg‘ularini boshqa bolalar bilan birga baham ko‘rsin.
N. K. KRUPSKAYa
Bola shaxsi kollektivdagina mukammal va har tomonlama rivojlana oladi.
N. K. KRUPSKAYa
Bolalarning kollektiv hayoti shodu xurramliklar bilan to‘la bo‘lgandagina jamoatchilik instinkti kuchli bo‘lgan kishilarni tarbiyalab voyaga yetkazish mumkin.
N. K. KRUPSKAYa
Ota-onalar o‘z huquqlaridan foydalanib, bolalariga e’tiqod va dunyoqarashlarini zo‘rlab singdirishga o‘rinish bilan ularga qanchalik ziyon yetkazishlarini bilmaydilar.
F. E. DZERJINSKIY
Xuddi bola fikri kabi bola hissiyoti ham zo‘rlik qilmasdan boshqarilmog‘i lozim.
K. D. UShINSKIY
Qobiliyati bo‘lmasa majburlama.
Ya. KOMENSKIY
Kam tahqirlangan bola o‘z qadr-qimmatini yaxshi anglaydigan kishi bo‘lib yetishadi.
N. G. ChERNIShEVSKIY
Qo‘rqitish billn bolada faqat tubanlikni, buzuqlikni, ikkiyuzlamachilikni, razil qo‘rqoqlikni tarbiyalash mumkin.
F. E. DZERJINSKIY
Haddan tashqari qattiqqo‘llik va ko‘r-ko‘rona intizom o‘rnatgan o‘qituvchi — bolalarning boshiga tushgan kulfat.
F. E. DZERJINSKIY
Majburlab o‘rgatish, siquv, zo‘rlash tufayli erishilgan hamma narsa omonat, noto‘g‘ri va ishonsizdir.
Ya. KORChAK
Bolani so‘kishsa, urishsa va turli yo‘llar bilan xafa qilishsa, u murg‘akligidanoq o‘zini yolg‘iz seza boshlaydi.
D. I. PISAREV
Urgan kishidan bola nafratlanadi.
V. A. SUXOMLINSKIY
Bolalarni qilmagan gunohlari uchun qiynash yoki loaqal arzimagan ayblari uchun qattiq jazo berish ularning ishonchi va hurmatidan butunlay mahrum bo‘lish demakdir.
J. LABRUER
Ortiqcha qattiqqo‘llik va haddan ziyoda shafqatlilik bo‘ladi: bularning har ikkalasidan ham birdek qochish kerak.
J. J. RUSSO
Bema’iilarcha ko‘ngilchan bo‘lish ham haddan tashqari qattiqqo‘l bo‘lish singari aqlsizlikdir.
A. F. PISEMSKIY
Umuman barcha axloqsiz munosabatlar ichida bolalarga to‘ralarcha munosabatda bo‘lish eng og‘ir axloqsizlikdir.
G. GEGEL
Ota-onalar ayni o‘zlari singdirgan nuqsonlari uchun farzandlarini kamdan-kam kechira oladilar.
F. ShILLER
Men or-nomus va erkinlikni hurmat qilish ruhida o‘stirilayotgan yosh qalbni tarbiyalashdagi har qanday zo‘rlikni qoralayman. Qattiqqo‘llik va majburiylikda qandaydir tobelik belgilari bor, men aql, ehtiyotkorlik va mahorat bilan erishib bo‘lmagan maqsadga kuch bilan aslo erishib bo‘lmaydi, deb hisoblayman.
M. MONTEN
Qo‘pol kuch ishlatganga qara-ganda yaxshi gap bilan har doim ko‘proq natijaga erishasan.
EZOP
Axloqiy ta’sir kuchi har qanday kuchdan ustundir.
N. V. GOGOL
Inson his-tuyg‘ulari ko‘pincha so‘zga nisbatan ibratdan kuch oladi yoki susayadi.
P. ABELYaR
Nasihatgo‘ylik bilan yaxshilikka yetishish qiyin, o‘rnak ko‘rsatish orqali esa oson.
SENEKA
O‘rnak ko‘rsatish do‘q-po‘pisadan kuchliroq ta’sir etadi.
P. KORNEL
O‘rnak ko‘rsatish va’z-nasihatga qaraganda har doim kuchliroq ta’sir qiladi.
S. JONSON
Namuna ko‘rsatgan holdagina inson eng yuksak natijaga erishadi.
S. SVEYG
Bola o‘zini sevgan odamni yaxshi ko‘radi, uni faqat sevib tarbiyalash mumkin.
F. E. DZERJINSKIY
So‘kib chorak maqsadga, suyub va siylab esa hamma narsaga erishish mumkin.
JAN POL
Yaxshi gap bilan maqsadiga erisholmagan odam qattiqqo‘llik bilan ham erisha olmaydi.
A. P. ChEXOV
Farzandlaringiz qabringiz ustida yig‘lay olishlari uchun ularning ko‘z yoshlarini to‘kmang.
PIFAGOR
Shunday g‘aroyib otalar ham borki, ular to umrlarining oxirigacha faqat farzandlarini o‘zlaridan bezdirish bilangina shug‘ullanadilar.
J. LABRUER