Gemoglobin va uning miqdorini aniqlash
Gemoglobin, HB (yunon. Haima — qon va globus — shar) — qonda bo‘ladigan nafas pigmenti. Qonga qizil tus beradi, nafas organlaridan to‘qimalarga kislorod, to‘qimalardan nafas organlariga karbonat angidrid yetkazib beradi. Oqsilli qism—globin va temir porfilingemdan iborat. Gemoglobin kislorod bilan qo‘shilib, beqaror birikma hosil qiladi. Kislorodning porsial bosimi birmuncha yuqori bo‘ladigan o‘pka kapillarida esa kislorodni hujayra va to‘qimalarga beradi.
Sog‘lom odamning 100 g qonida 13—16 g % gemoglobin bor (erkaklarda 13—17 g % 130—170 g/l; ayollarda 12—16 g % 120— 160 g/l). Ayollar qonida gemoglobin miqdori erkaklardagidan kam bo‘ladi. Organizmdagi gemoglobin xossasi hayot davomida o‘zgarib turadi. Gemoglobin miqdori maxsus asbob — gemometr bilan aniqlanadi. Gemoglobin miqdorini aniqlash normal sharoitda qonning nafas funksiyasini va qonda bo‘ladigan bir qancha kasalliklarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Qonda gemoglobin ko‘payib ketishi gemoglobinemiya deb ataladi, uning kamayib ketishi ko‘proq anemiyada kuzatiladi.
Gemoglobin miqdorini aniqlash — qondagi gemoglobin miqdori yuqorida bayon etilganidek, Salli gemometrida yoki FEK apparati yordamida aniqlanadi.
Salli gemometri uchta tik teshigi bo‘lgan shtativdan iborat. Ikki yoni- dagi teshiklarda har ikki uchi ber- kitilgan shisha naychalar joylashgan bo‘lib, ularda solishtiriladigan stan- dart qo‘ng‘ir-sariq rangli eritma bor. Ba’zi gemometrlarda suyuqlik to‘l- dirilgan naychalar o‘rniga qo‘ng‘ir- sariq rangli shisha tayoqchalar qo‘yil- gan bo‘ladi.Shtativ o‘rtasidagi teshikda dia- metri standart eritmali naychalar diametriga teng bo‘lgan usti ochiq probirka qo‘yilgan, u gemoglobinni aniqlashi kerak bo‘lgan qonni quyish- ga mo‘ljallangan (5-rasm). Bu probirka ikki qator darajaga bo‘lingan: bir tomondagi darajada pastdan 10 soni bilan boshlanib, 140 soni bilan tugaydi, ikkinchi tomondagisi esa 2 g % sonidan boshlanib,g % soni bilan tugaydi. Har ikki tomondagi darajalar ham bir xil balandlikka ega. Suyuqliklar rangi yaxshi ko‘rinishi uchun shtativning orqa devoriga yorug‘likni tarqatib beruvchi sut rangli shisha plastinka o‘rnatilgan. Har bir gemometrga pipetka qo‘shib beriladi, bu pipetkani yuqori uchida 20 mm3 raqami yozilgan bo‘ladi.Ishlash qulay bo‘lishi uchun bu nayning yuqori uchiga uchligi oynadan iborat rezina naycha kiydirilgan bo‘ladi.Qondagi gemoglobin miqdori quyidagicha aniqlanadi: o‘rtadagi probirkaning o‘n raqamigacha xlorid kislotaning detsinormal eritmasi qo‘yiladi, shundan so‘ng pipetkaning 20 mm3 belgisigacha barmoqdan qon so‘rib olinadi. Qon ustini havo pufaklarisiz ko‘r- satib o‘tilgan belgiga yetishi bilan, mushtukni og‘izdan chiqar- may, rezina nayni ikki barmoq bilan qisib turib, pipetkadagi qon miqdori 20 mm3.ga to‘g‘ri kelish-kelmasligi yana tekshiriladi. Pipetkaning pastki qismidagi qonni paxta bilan artib, uning uchini xlorid kislotaning detsinormal eritmasiga tushiriladi, bu eritma ilgari gemometrning o‘rtasidagi naychada tayyorlangan bo‘ladi, pufakchalar hosil bo‘lmasligi uchun qon unga asta-sekin puflab kiritiladi, so‘ng eritma aralashmasini bir necha marta so‘rib olib, qaytadan probirkaga tushiriladi va shu yo‘l bilan olingan qonning hammasi probirkaga quyiladi.Barcha gemoglobin gematin xloridga aylanishi uchun 10 minut kutib turiladi, keyin gemometr ko‘tariladi va qon solinadigan probirkadagi suyuqlikning rangi standart eritma yoki bo‘yalgan shisha tayoqchalar rangi bilan solishtirib ko‘riladi. Deyarli hamma vaqt qon eritmasining rangi standart eritmalar rangidan to‘qroq bo‘ladi. Distillangan suv graduirovka qilinmagan pipetka yordamida qon eritmasi solingan pipetkaga quyila boshlanadi va shisha tayoqcha bilan aralashtirilib turiladi. Undagi suyuqlikning rangi standart probirkadagi suyuqlik rangiga yetguncha aralashtirish ishi davom ettiriladi. Bundan so‘ng gemometrni ko‘zning to‘g‘risigacha ko‘ta- rib, qon eritmasining pastki meniski qaysi darajada turgani aniqlanadi. O‘ng tomonidagi tegishli son — foizini, chapdagisi esa gemoglobinning gramm foizini ko‘rsatadi.Gemoglobinni aniq tekshirish uchun hozirgi vaqtda fotoelektro- kolorimetr va spektrofotometrlardan foydalaniladi. Gemoglobinni fotoelektrokolorimetrda aniqlash uning ammiak, asetonsiangidrin va boshqa moddalar bilan bo‘yalgan birikmalar hosil bo‘lishiga asoslangan.Hozirgi vaqtda klinik-diagnostik laboratoriyalarida gemoglobin konsentratsiyasini aniqlash uchun gemoglobinsianid usuliga asoslangan tayyor to‘plamlardan qo‘llanilmoqda. Har bir to‘plamda standart reaktiv (nazorat) bor. Bundan tashqari, markaziy labo- ratoriya (masalan, viloyat kasalxonasining laboratoriyasi) standart (nazorat) reaktivlar tayyorlashi va tarqatishi mumkin. Standart (nazorat) reaktivlar har safar bemor qoni tekshiruvlari o‘tkazil- ganda ishlatiladi.Sifatli nazorat qilishning eng yaxshi usuli zarur reaktivlar yetarli miqdorda bo‘lganda bemor qonini bir vaqtning o‘zida ikki usulda aniqlash hisoblanadi. Agar har ikkala usulda natijalar har xil bo‘lsa, bemor qonini qayta tekshirish kerak.Gemoglobinni aniqlashning klinik-diagnostik ahamiyati: qonda gemoglobin miqdorining kamayishi kamqonlikning asosiy labo- rator ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi. Gemoglobin miqdori kam- qonlik shakli va ifodalanganligiga qarab o‘zgaradi. Gemoglobin miqdori kamayganda, chuqur va to‘liq tekshiruvlar o‘tkazilishi kerak (eritrotsitlar sonini aniqlash, rang ko‘rsatkichi, eritrotsitlar morfo- logiyasini o‘rganish).