Biznes re’ja qanday tuziladi

Biznes reja — bu bozor iqtisodiyotida tarqalgan menejmentlik vositasi, shaxsiy biznes yuritishning muayyan marketing, moliyaviy, moddiy-texnik va kadrlar siyosatiga oid asosidir. Yangi korxonalar tashkil qilayotganda, mavjudlarining rekonstruktsiyasida investitsiyalar samaradorligini asoslab berish uchun biznes reja ishlab chiqilishi shart.

Biznes reja bir necha qismdan iborat  bo’ladi:

Rezume

1.Korxona haqida  ma’lumot.

2. Mahsulot (xizmat) xususiyatlari haqida ma’lumot.

3. Marketing rejasi.

4. Ishlab chiqarish rejasi.

5.Moliyaviy reja va havf- xatarning oldini olish.

 

Xulosalar

Rezume bir betdan oshmasligi va quyidagi ma’lumotlarga ega bo’lishi kerak:

— korxonaning to’liq nomlanishi.

— mahsulot va xizmatlar haqida, ularning kimga taklif qilinishi va raqobatda ustunligi haqida ma’lumotlar.

— iste’molchiga bu mahsulot yoki xizmatning nima uchun kerakligi haqida tushuncha.

— korxonaning maqsad va vazifalari.

— savdo-sotiq xajmi, daromad va naqd pul yurishining prognozi.

— qancha mablag’ zarur va sarf qilinadigan pullar qachon natija berishi haqida ma’lumotlar.

 

Korxona haqida ma’lumot

Bu  bo’limda  korxona haqida barcha  ma’lumotlar  ko’rsatiladi:  tashkiliy-xuquqiy forma, tashkil topgan sana, tadbirkorlik faoliyatining maqsadi va xarakteristikasi, mahsulot va xizmatlar haqida ma’lumot, patentlar, litsenziyalar va xokazo.

 

Mahsulot (xizmat) haqiqa  ma’lumot.

Bu  bo’limda biznes haqida batafsil  ma’lumotlar beriladi. Shuningdek, raqobatchi firmalarning afzalliklari va kamchiliklari ham ko’rsatiladi.

 

Marketing rejasi

Bosh marketing loyihada mahsulot (xizmat)larni kengaytirish, narxlar belgilash, sarflangan harajatlar qoplanishining muayyan qoidalari belgilanadi.

 

Ishlab chiqarish rejasi

Bu yerda korxonaning geografik joylashuvi, tuzilmalarning joylashish xususiyatlari, xozirgi joylashuv joyining afzalliklari va kamchiliklari haqida gapiriladi. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayoni haqida ma’lumotlar, ishchilarga kvalifikatsion talablar, kalendarga oid rejalar ko’rsatilgan.

 

Moliyaviy reja va  xavfli vaziyatlarning oldini olish

Bu  bo’limda yuqoridagi  bo’limlar  materiallari umumiylashtiriladi va ularning qiymat ko’rsatkichlari taqdim qilinadi. Biznes rejani asoslamoq uchun 3-5 yilga mo’ljallangan 3ta bazisli prognozlar tayyorlanadi:

— daromad va ziyon

— pul oqimini taqsimlash loyihasi

— kreditni qaytarish loyihasi.

Bu yerda zarar ko’rmaslik hisobi va loyihaning qaltis tomonlarini inobatga olish muhimdir.

 

Xulosalar

Biznes rejaning oxirgi bo’limida loyihani amalga oshirish uchun kerakli bo’lgan pul miqdori, sarmoyadorlarga taqdim qilish uchun kafolat turi va o’lchami belgilanadi hamda sarmoyaning oshish istiqboli haqida qisqacha  ma’lumotlar  beriladi.

gooper.ucoz.ru