Dunyo boylarining pulni tejash borasidagi tavsiyalari
Ko’p puli bo’lishini kim ham hoxlamaydi deysiz? Agar sizda juda katta pul bo’lganda uni nimaga ishlatar edingiz? Hozir pullaringizni nimalarga sarflayapsiz? Pulni o`z o`rnida tejab ishlatasizmi? Bugun dunyo boylarining bu boradagi tavsiyalarini keltirib o`tamiz.
Maykl Blumberg, mablag`i: $34,3 milliard
“O`zingizga qulay bo`lgan buyum xarid qiling”. Bloomberg xalqaro axborot kompaniyasi aksioneri Maykl Blumberg so`nggi 10 yildan beri past poshnali, qulay mokasina kiyadi. U bir chekkada yotadigan va hech qachon kiymaydigan qimmatbaho oyoq kiyimlarga pulini sarflamaydi.
Bill Geyts, mablag`i: $79 milliard
“O`tmishdagi xatolaringizdan to`g`ri xulosa chiqaring”. Xato qilish-insonga xos odat. Pul bilan bog`liq xatolarni ham shu jumlaga kiritish mumkin. Bir kuni Bill Geyts shunday degan edi: “Muvaffaqiyatdan zavqlanish-yaxshi, ammo muvaffaqiyatsizliklardan tegishli xulosa chiqarish undan-da muhimroq”.
Mark Sukerberg, mablag`i:$30 milliard
“Hamyonbop avtomobillarda ham yursa bo`ladi. avtomobillarga dabdaba emas, uzoqni yaqin qiluvchi vosita sifatida qarang”. Dunyoning eng badavlat kishilaridan biri,Facebook asoschisi Mark Sukerberg agar istasa bir ondayoq qimmatbaho avtomobil sotib olishi mumkin. Ammo u 30 ming dollar turadigan, oddiygina Acura avtomobilida yuradi.
Ingvar Kamprad,mablag`i: $53 milliard
“Bo`lar-bo`lmas narsalarga pul sarflamang”. IKEA asoschisi Ingvar Kamprad ayrim harajatlar bizga umuman keraksiz ekanligini ta`kidlaydi. U boshqa aksariyat badavlat insonlar singari shaxsiy samolyotda emas, balki yo`lovchi tashish samolyotining ekonom-klassida uchishni afzal ko`radi. Ingvar bitta o`rindiqdan 30 yildan beri foydalanadi.
Uorren Baffett, mablag`i: $66,1 milliard
“O`zingizning ehtiyojlaringizga mos uy sotib oling”. Uorren Baffett hozirga qadar Nebraska shtati Omaxa shahridagi 1958 yilda 31 500 dollarga sotib olgan uyida yashaydi. Baffet puli ko`pligi uchungina hashamatli uyda yashashni o`ziga ep ko`rmaydi.
Opra Uinfri, mablag`i: $2,9 milliard
“Hayotda o`zingizning haqiqiy o`rningizni toping” . Mazkur shior Opraga haqiqiy muvaffaqiyatni olib keldi. U shunday degan edi: “Siz o`zingiz ishongan va oldingizga maqsad qo`ygan kishiga aylanasiz. Hozirgi hayotdagi o`rningiz, sizning qachonlardir shunga ishonganingiz samarasidir”.
Richard Brenson, mablag`i: $5,1 milliard
“O`z oldingizga maqsad qo`ying va unga erishish uchun qo`lingizdan kelgan barcha imkoniyatlaringizni ishga soling”. Buyuk Britaniyalik milliarder Virgin Group asoschisi o`z ishini qachonlardir oldiga maqsad qo`yishdan va ishlarini rejalashtirishdan boshlagan. Balki uning rejalari real hayotga mutlaqo to`g`ri kelmagandir, ammo u oldiga qo`ygan maqsadlari sari dadil qadam tashlagan.
Karlos Slim, mablag`i: $78,5 milliard
“Pulni tejashni imkon qadar ertaroq boshlang”. Meksikalik milliarder Karlos Slim Bill Geytsning “Dunyo boylari” ro`yxatidan “siljitib” qo`ydi. Kim bo`lib ishlashingizdan qat`iy nazar pulingizni tejab ishlatishingiz kelajagingizga ta`sir ko`rsatadi.
Li Kashin, mablag`i: $31 milliard
“Kamtarona hayot kechiring”. Osiyoning eng badavlat insonlaridan biri Li Kashin dunyodagi eng badavlat insonlar o`ntaligiga kiritilgan. Uning fikricha, misli ko`rilmagan muvaffaqiyat kamtarona va oddiy turmush tarzida. Agar siz biror yo`l boshida turgan bo`lsangiz, kamtarona hayot kechirishingiz va bunga o`zingizni moslashtirishingiz kerak.
Govard Shuls,mablag`i:$2,2 milliard
“Pul bu-hali hammasi emas”. Govard Shuls Starbucks direktorlar kengashi boshlig`ining ta`kidlashicha, insondagi go`zal fazilatlar uning pulidan muhimroq. “Men hech qachon milliarderlar ro`yxatida bo`lishni xohlamaganman. Hech qachon o`zimga daromadim miqdoridan kelib chiqib baho bermaganman. Men o`zimni insoniy fazilatlarimdan kelib chiqqan holdagina baholashim mumkin”, —deydi Shuls.