Qizlarga yoqadigan yigitlar qanday bo’lishi kerak?
Ha, qizlar hazil-mutoyibani xush ko’radigan, o’ziga ishongan yigitlarni yoqtiradilar. Biroq yonlarida ma’lum sifatlarga ega bo’lgan boshqa toifadagi yigitlar bo’lishini xohlaydilar. Bugun Gooper.uz‘da sizga qizlarga yoqadigan yigitlar qanday bo’lishi haqida ma’lumot beramiz. Marhamat!
Ko’ngil olish ustalari qiziqish bilan intilishning farqini allaqachon ochib bo’lishgan. Qizlar mehribon, qiziqish uyg’ota oladigan yigitlar yoqishini aytishadi, ammo ular faqatgina qiziqarli muloqot uchundir. Munosabatlari chuqurlashib, yigitlar ko’zlagan maqsadlariga yetishsa ham, bu ularning mehribon va qiziqarli bo’lganlari uchun emas, shunchaki ular atayin yoki o’zlari bilmagan holda o’zlarini shunday tutishganki, qizlarning o’zi ularga nisbatan moyillikni his qilishgan.
Ammo sizning bu “omadlilar” oldida afzalliginigiz bor: quyida keltiriladigan maslahatlardan ongli ravishda foydalanib, qizlarni boshqalardan ko’ra bir necha barobar tezroq ilintirishing yoki hech bo’lmaganda unga yetishish uchun imkoniyatlaringizni ko’paytirishingiz mumkin.
Xo’sh, qizlar qanday yigitlarni xohlashar ekan?
Birinchidan…
ITOATSIZLARNI
Birovlarning xohishiga yurmaydigan va qizlarning belgilagan qoidalariga bo’ysunmaydiganlarni.
Axir ayollar doimo erkaklarga o’z hukmlarini o’tkazmoqchi bo’ladilar. Faqat bu ishni juda ustalik bilan qilganliklari bois, erkaklar buni sezmay qoladilar.
Umuman olganda, itoatsizlik-kuch belgisi. Ichki kuchga ega bo’lgan erkaklargina ayollarning makr- hiylasidan omon qoladilar. Shuning uchun ham ana shunday sifatlarga ega yigitlarni qizlar yoqtiradilar. Qizlarning ko’nglini olish uchun boshida hamma yigitlarning imkoniyatlari bir xil bo’ladi. Shunchaki vaqt o’tgan sari tashqaridan farishtadek ko’ringan qiz sizning qat’iyatliligingizni sinab ko’rmoqchi bo’ladi. U ochiqdan-ochiq yoki shama qilib, sizning nohaqligingizni aytishi mumkin. Uning fikriga qo’shilib, ko’nglini ovlashda davom etaversangiz, jozibadorligingizdan asar ham qolmaydi.
Qizning sizga nisbatan bo’lgan moyilligini asrab qolish va kuchaytirishning yagona yo’li — u tomondan o’zingizga nisbatan bosimni sezishingiz bilanoq bo’ysunmasligingizni ko’rsatib qo’yishingiz kerak.
O’ZINI HURMAT QILADIGANLARNI
Qiz injiqlik qilganda, siz uning ko’nglini chog’ qilishga harakat qildingizmi? Unday holda siz unung kayfiyatini ko’targan bo’lsangiz ham, uning sizga nisbatan bo’lgan moyilligi nolga teng bo’lib qoladi.
Gap shundaki, uning fikricha ayol kishining e’tiboridan qolishdan cho’chigan va uning injiqligi paytida qattiqqo’llik qila olmaydigan erkak, zaifdir.
Ayollar, zaif erkaklar ishonchsiz bo’ladilar deb, ularga o’zlarini ishonib topshirishdan saqlanadilar. Shuning uchun qizlar yigitlarni sinab ko’rmoqchi bo’ladilar. Ular shunday ish qiladilarki, yigit qizni yo’qotib qo’ymasligi uchun o’zini hurmat qilishini bildirmasligi mumkin. Natijada esa yigit hurmatini yanayam yo’qotadi (endi butunlay).
Boshqa odamlar bilan muloqotingizni ham diqqat bilan kuzatadi. Birov sizning ustingizdan kulishiga yo’l qo’yishingiz bilanoq (hazil tariqasida bo’lsa ham) siz uni yo’qotasiz. Endi u haligi “birovni” yoqtirib qoladi. «Nima uchun?»,- deb so’ramang, bu tabiat qonuni.
SIRLILARNI
Shunday yigitlar borki, ular o’zlarining yarmini ko’rsatsalar, yarmini berkitib, sirli bo’lib yuradilar. Masalan, yomon yigit yosh bolalarni erkalab, ularga mehr bilan muomala qilsa, u shaxsining ochilmagan taraflarini ko’rsatib qo’ygan bo’ladi. Va albatta qizda jumboqni yechganday, yigitni chuqurroq o’rganish istagi paydo bo’ladi, uning yomon emas, yaxshi taraflarini topishni istaydi. Buning uchun esa o’z-o’zidan qiz yigit bilan ko’proq uchrashishi kerak bo’ladi.
Bu sirli hiylani bilishingiz va tadbiq qilishingiz shart.
Hech qachon o’zingizni qizga to’liq ochib ko’rsatmang. U siz haqingizda 100 foiz bilsa, uning sizga nisbatan qiziqishi susayadi.
TAVAKKALCHILARNI
Tavakkalchilik — oliyjanob ish. Bunda nafaqat nimadir yutib olishingiz, balki qarama-qarshi jins vakilasiga yoqa boshlashingiz ham mumkin.
Biroq bu ishning nozik tarafi ham bor: avvaliga unga yoqib qolasiz, so’ngra u sizni havf-xatardan asrash uchun bundan qaytarmoqchi bo’ladi. To’g’ri, bir qarashda niyati yomon emas, ammo sizni “xonakilashtira” olsa, sizga nisbatan moyilligi yo’qoladi.
DOVYURAKLARNI
Yo’q, gap sizning ko’chadagi mushtlashishlaringiz haqida emas. Haqiqiy jasurlik hamma ishda namoyon bo’lmog’i kerak. Shu jumladan, o’z hissiyotlarini ochiq ifodalay olish va ichki istaklariga muvofiq holda ish tutishi kerak bo’ladi. Shuni bilib olishingiz kerakki, istaklaringizni qondira olmasligingiz yurush-turishingizda, gap-so’zlaringizda o’z aksini topadi. Bu qizlarga ham seziladi va o’zingizni qanchalik tabiiy tutishingizni ularga bildirib qo’yadi.
ROMANTIKLARNI
Qizlarga ko’ngli sust ketgan oshiqlarning fikri o’laroq, romantik bo’lishning hech yomon tomoni yo’q.
Muhim bir qoida bor: qizlar xushtorlik va romantiklikni yigitlarning sarasidan qabul qiladilar, ya’ni yuqorida keltirilgan sifatlarga ega yigitlardan.
Ko’pchilik yigitlar oddiy narsani tushunmaydilar: ishqiy moyilliksiz bo’lgan romantika qiziqishni ham so’ndiradi.
Shuning uchun ushbu qoidani eslab qoling: avval unda qiziqish uyg’otasan, ana undan keyingina romantikaga yo’l ochiladi.
ORZU- HAVASLILARNI
Agar boringizga qanoat qilib, ortiqcha narsaga intilmasangiz, demak siz sabr-toqatli va kamtar insonsiz.
Biroq bu sifatlaringiz siz tanishgan qizga yoqmasligi mumkin. Unga orzu-havasli, oilasi va farzandining yaxshi yashashini ta’minlay oladigan erkak kerak.
Shuning uchun o’zingizning ulkan orzu-niyatlaringiz haqida ko’proq gapirishingiz va albatta ularni amalga oshirishga harakat qilishingiz kerak.
Xo’sh, qizlar o’zi qanday yigitlarni yoqtiradilar? Muhim ahamiyatga ega erkaklarni. Yuqorida keltirilgan maslahatlar munosib erkaklar obrazini yaratadi, xolos. Bunday ideal erkak rolini uzoq o’ynolmaysiz. Siz birovning fe’l-atvoriga taqlid qilib, yolg’ondan emas, balki chindan, qalban o’zgarib, yigitlarning eng sarasi bo’lishingiz kerak.
Mirmuhammad Ergashev, Gooper.uz uchun maxsus