Windows tizimini o’rnatgandan so’ng, o’rnatilishi lozim bo’lgan dasturlar
Tizim o’rnatilgandan so’ng ko’pchilik bir ikkita dastur qo’yib qolganlarini keyinroq kerak bo’lganda qo’yadi, kerak bo’lganda dastur topilmaydi😠. Shuni oldini olish uchun, odatda ko’p ishlatiladigan dasturlar ro’yhatini yozib o’taman.
📌 Drayverlar — Windows o’rnatilgandan so’ng, dastlab albatta qurilmalarnig o’zining drayverlarini qo’yish lozim, hech qanday umumiy yoki qo’lbola qilingan drayverlarni qo’ymang.
📌 Antivirus dasturi, pullik Kaspersky yoki, bepul Comodo, Avast.
📌 Office dasturlari — pullik Microsoft Office yoki bepul LibreOffice.
📌 Arxivlash va arxivni ochish dasturi — pullik WinRar yoki bepul 7-ZIP.
📌 Brauzer — bu yerda tanlov ko’p, Chrome, Firefox, Edge. Tizimning o’z brauzeri ham bor, qaysiki Internet Explorer deb nomlanadigan, lekin… bo’lmaydi aslo🤬
📌 Video, audio kodek — bepul K-Lite Codec Pack, buning ichida video uchun Media Player Classic Home dasturi ham bor. Yuqoridagi fikr, Windows tizimini o’ziniki ham bor, o’sha gap😀.
📌 Fayllar bilan qulay ishlash uchun- pullik Total Commander yoki bepul Double Commander.
📌 PDF formatli fayllarni o’qish — pullik Adobe Acrobat Reader yoki bepul PDF24 Creator.
📌 Internetdan fayllarni yuklash uchun Download Master dasturi.
Yuqoridagilar birlamchi kerak bo’ladigan dasturlar, qolganlari o’zingiz hohishingizga qarab o’rnataverasiz, misol uchun: Skype, Telegram, Nero, Daemon Tools, DirectX, …