Harbiy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida qanday imtiyozlar beriladi?
Avval xabar berib o’tganimdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26 sentyabrdagi 277-son qarori bilan «Oliy harbiy ta’lim muassasalariga tinglovchi va kursantlarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom» tasdiqlangandi.
Ushbu Nizomdagi qoidalarning alohida e’tiborga molik jihatlari quyidagilar:
—       Abiturientlar test sinovlaridan oldin oliy harbiy ta’lim muassasasida maxsus tashkil etilgan harbiy-tibbiy komissiya tomonidan yakuniy tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.
—       Maxsus tashkil etilgan harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasi yakuniy xulosa hisoblanadi va sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra o‘qishga yaroqsiz deb topilganlar tanlovning navbatdagi bosqichiga qo‘yilmaydi.
—       Oliy harbiy ta’lim muassasalarida test sinovlari 10iyul kuni o‘tkaziladi.
—       Tinglovchi va kursantlarni o’qishga qabul qilish to’g’risidagi buyruq 15-iyul kuni chiqariladi.
—       Tegishli vazirlik yoki idora tomonidan belgilangan tanlovdan (yakuniy tibbiy tekshiruv, ruhiy tanlov, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha sinov va hokazolar) o‘tgan quyidagi abituriyentlar Davlat komissiyasining qarori bilan o‘qishga TEST SINOVLARISIZ qabul qilinadi:
  1. Xalqaro va respublika fan olimpiadalari g‘oliblari — tegishli oliy harbiy ta’lim muassasalariga mutaxassislik yo‘nalishining asosiy faniga muvofiqligi bo‘yicha;
  2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari serjantlar statusi haqida» 2004 yil 12 apreldagi 170-son qaroriga muvofiq «Ilg‘or serjant» nominatsiyasi bo‘yicha respublika tanlovi g‘oliblari;
  3. Yuklatilgan xizmat vazifalarini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining farzandlari — tegishli vazirlik va idora rahbarining tavsiyanomasiga asosan.
—       Quyidagi abituriyentlarga qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozlar beriladi:
  1. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda test sinovlarida to‘planadigan eng ko‘p ballning 27 foizi miqdorida;
  2. Serjant lavozimida kamida 5 (besh) yil davomida xizmat qilgan hamda harbiy qism qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomasiga ega bo‘lgan serjantlarga oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda test sinovlarida to‘planadigan eng ko‘p ballning 20 foizi miqdorida;
  3. Respublika harbiy akademik litseylari bitiruvchilariga test sinovlarida to‘planadigan eng ko‘p ballning 10 foizi miqdorida.
O’qishga qabul qilish tuzilmasi 5 bosqichda amalga oshiriladi:
I bosqich:
Qabul komissiyalarini tashkil etish
II bosqich:
Hujjatlarni qabul qilish:
  1. Mudofaa vazirligi        —          Shartnoma asosidagi va muddatli harbiy xizmatchilar qabul yilining 1-iyunigacha, fuqarolar 1-mayigacha;
  2. Ichki ishlar vazirligi   —          Qabul yilining 15-yanvaridan 1-iyunigacha;
  3. Davlat bojxona qo’mitasi     —          Qabul yilining 1-mayigacha;
  4. Milliy xavfsizlik xizmati       —          Qabul yilidan avvalgi yilning 1-dekabrigacha.
III bosqich:
Davlat test markaziga imtiyozga ega bo’lganlar to’g’risidagi ma’lumotni taqdim etish:
30-iyun
IV bosqich:
Test sinovlarini o’tkazish
10-iyul;
Ingliz, nemis, fransuz tillaridan boshqa chet tillari uchun yagona ko’p balli baholash imtihoni
4-iyulgacha.
V bosqich:
Tinglovchi va kursantlarni o’qishga qabul qilish to’g’risidagi buyruq:
15-iyul

xushnudbek.blogspot.com