Yolg‘onni bu qadar fosh etishimizning boisi shundaki, eng pastkash illatlar ichida ayniqsa yolg‘onni berkitish ham va unga bo‘yin egish ham osoi.
F. VOLTER
Agar yolg‘on ham haqiqat singari bir xil bo‘lganda-ku, ahvolimiz ancha yengillashardi. U holda biz yolg‘on so‘zlayotgan odamning gapini teskari tushunib qo‘ya qolardik. Lekin haqiqatning aksi bo‘lgan yolgonniig minglab qiyofasi bor va uning had-chegarasi yo‘q.
M. MONTEN
Kishi yanglishgan paytda buni har qaiday odam sezadi, ammo aldayotganda esa hamma ham sezavermaydi.
I. GYoTE
Yolg‘onchi — inson deb atalishga loyiq emas.
F. FENELON
Irodasiz yurak, farosatsiz aql, buzuq xarakterni yolg‘on fosh etadi.
F. BEKON
Hammadan ham ko‘ra men qo‘rqoqlik va ojizlik tufayli to‘qilgan yolg‘ondan jirkanaman.
A. I. KUPRIN
Yolg‘onchilik va makr — ahmoqlar bilan qo‘rqoqlar panohi.
F. ChESTERFILD
Yolg‘onchilik inson qalbi va jismiga hadsiz uqubat yuklaydi.
Sh. RUSTAVELI
O‘z vijdonini aldash — insonning hayotidan ezilishining eng keng tarqalgan va eng qabih ko‘rinishidir.
L. P. ANDREEV
Yolg‘onchilik zo‘rlik boshlangan joyda tug‘iladi.
K. A. FEDIN
Yolg‘onchi yolg‘onsiz yashay olmaydi.
I.I . XEMNISER
Yolg‘onchilikka o‘rgangan odam ishda ham, bekorchilikda ham yolg‘on so‘zlayveradi.
I. I . XEMNISER
Ma’lum vaqt hiyla-nayrang bilan shug‘ullanib yurgan odam endi usiz turolmaydi: qolgan narsalarning bari unga zerikarli ko‘rinadi.
J. LABRUER
Yolg‘on ham ichkilikbozlikning o‘zi. Yolg‘onchi o‘layotganda ham yolg‘on gapirib o‘ladi.
A. P. ChEXOV
Shira — maysani, zang — temirni, yolg‘on esa qalbni kemiradi.
A. P. ChEXOV
Insonni ayni yolg‘onchilik tahqir etadi.
O. BALZAK
Yolg‘onning doimiy hamrohi — ayyorlik.
J. LOKK
Shaxsiy manfaat yo‘lida o‘zini-o‘zi aldash qalbakilik; o‘zgalar manfaati uchun aldash — soxtalik; ziyon yetkazish uchun aldash — bo‘hton, bu yolg‘onning eng yomon zahridir.
J. J. RUSSO
Yolg‘onchiga hatto u to‘g‘ri gapirganda ham ishonmaymiz.
SISERON
Yolgonchining jazosi uning gapiga hech kim ishonmay qo‘yishida emas, balki uning o‘zi endi hech kimga ishonmasligidadir.
B. ShOU
Yolg‘onchilik hayotda suyanchiq bo‘lmaydi.
N. K. KRUPSKAYa
Ojizlarning kuchi hiyla-nayrangda.
V. ShEKSPIR
Qalbaki narsa hech qachon pishiq bo‘lmaydi.
P. BUAST
Eng qabih yelg‘on ko‘pincha sukut saqlagan holda ifodalanadi.
R. STIVENSON
To‘la haqiqatgina maqtovg‘a loyiq, chala haqiqat hech narsaga arzimaydi.
S. SVEYG
Chala haqiqat yolg‘ondan xavfli; chala haqiqatga qaraganda yolg‘onni ajratish oson, chala haqiqat esa sezdirmaslik uchun ikki hissa pishiqroq niqob kiyib oladi.
T. GIPPEL
Chala haqiqatni fogn etish g‘irt yolg‘onni fosh etishdan ko‘ra ikki bora qiyin.
O.OMELLI
Birov soxtalashtirilgan haqiqat — eng xavfli yolg‘ondir.
G. LIXTENBERG
Haqiqatlar ichiga kirib qolgan birgina yolg‘on hamma haqiqatni shubhaga qo‘yadi.
P. BUAST
Aldayotgan odam yelkasida qanchalik og‘ir yuk borligini o‘ylamaydi, chunki u birinchi yolg‘onini davom ettirish uchun yana yigirma martalab yolg‘on so‘zlaydi.
A. POP
Har kimki so‘zi yolg‘on, yolg‘oni zohir bo‘lg‘ach yolg‘on. Yolg‘onni chindek aytuvchi suxanvar — kumushni oltin bilan ro‘kash qilg‘uvchi zargar.
A. NAVOIY
Kimki bir yolgon gapirdimi, yana ganiradi. Axir bitta yolg‘onni boshqa yettitasi bilan quvvatlash kerakda.
F. RYuKKERT
Kim xotirasiga uncha ishonmasa, kelishtirib yolg‘on ham so‘zlolmaydi, deb bejiz aytishmaydi.
M. MONTEN
Agar siz faqat bor gapni aytsangiz, boshqa narsalarni o‘ylab o‘tirishingiz shart emas.
MARK TVEN
Albatta, bilmay turib ham yolg‘on gapirib qo‘yish mumkin, ammo «yolg‘onchi», degan tushuncha qasddan yolg‘on so‘zlash ma’nosini bildiradi.
B. LASKAL
Yolg‘on gapirayotganingni sezsang, og‘zingni yumishing har vaqt ham kech emas.
A. DYuMA (o‘g‘li)
Yolg‘on kuchga kirgan vaqtda ham baribir hech vaqt haqiqatga aylanmaydi.
R. TAGOR
Bordi-yu, yolg‘onga duch kelsang, sen uni yo‘q qil. Yolg‘on faqat yo‘q qilishlari uchungina mavjud.
T. KARLEYL