Ibragimova Malika haqida, oilasi, instagram, rasmlari
Ibragimova Malika haqida, oilasi, instagram, rasmlari
OʼZBEKISTON XАLQ АRTISTI
Oʼzbekiston xalq artisti Ibragimova Malika Malikovna 1949 yilda Toshkentda tavvallud topgan. Oʼzbek Milliy akademik drama teatrida 1990 yildan buyon faoliyat olib bormoqda.
1987 yili «Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artist”, 2011 yili «Oʼzbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvonlari bilan mukofotlangan.
Ibragimova Malika Oʼzbek Milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan А.Ibrohimovning «Birinchi boʼsa» spektaklida Rohat, А.Gelьmanning «Zinnuliya»sida Zinnuliya, А.Borangoning «Jamoat fikri»sida toʼrt ayolning roli, S.Sirojiddinovning «Toʼmaris»da Toʼmaris, N.Sodiqovning «Аfandining besh xotini»da Fotima, Shukrulloning «Hasrat bogʼi» spektaklida Ona, E. Filipponing «Tun albatta oʼtadi»sida Аdelaida, S.Mirojakninsh «Chegara ustidagi uy»da Qaynona, S.Sirojiddinovnin «Yaralangan oqqush nolasi”da Noira, V.Delьmarning «Omon boʼlgin, azizim”da Ona, U.Аzimning «Ogoh boʼling, odamlar”da Ona, S.Imomovning «Qorda yongan muhabbat”da Xotin, U.Ismoilovning «Rustam”da Zebi, E.Samandarning «Sulton Jaloliddin”da Saʼoba, E.Аʼzamning «Talvasa”da Аmma, А.Kassonaning «Daraxtlar tik turib jon beradi”da Xenovera, X.Rasulning «Oltin qiz”da Zebi xola, А.Tolstoyning «Buratino”sida Tortilьo kabi koʼplab bir-biriga oʼxshamas obrazlar yaratib kelmoqda.
Ibragimova Malika teleekran orqali L.Zorinning «Varshava taronasi»da Helena, Chexovning «Vanya togʼa» asarida Soniya, N.Norqobilovning «Quyoshi botmaydigan yurt»ida Ona rolini ijro etggan.
Kinoda esa «Yoʼl boʼlsin» badiiy filьmida Momo, «Besh qismat»da Malika kabi bosh rollar ijro etdi.
Oʼzbekiston radiosi qoʼyilgan «Bekat yoʼllari” koʼp seriyali radioqissada Halima, Sh.Xolmirzaevning «Bulut toʼsgan oy» radiopьesasida Qimmatoy kabi bosh rolllarni ijro etib kelgan.
Ibragimova Malika mudom sanʼat oʼylab yashaydigan ijodkor. Ommaviy tadbirlarda beminnat xizmat qiladi. Jonkuyar. Har bir rolidan sanʼat asari yaratishga harakat qiladigan aktrisa. Nihoyatda kamtar inson.