O’quvchilar maktab darsliklari bilan qachon to’liq ta’minlanadi?
Farzandimga hali maktabda darslik berilmadi. O‘quvchilar darsliklar bilan qachon to‘liq ta’minlanadi? Savolga XTV matbuot xizmati javob berdi:
‘tgan o‘quv yili pandemiya sharoitida yakunlangani bois yil yakunida o‘quvchilardan darsliklarni to‘liq yig‘ib olishning imkoni bo‘lmadi. Bugungi kunda 75% foiz maktablarda hali an’anaviy ta’lim jarayoni yo‘lga qo‘yilmagani uchun o‘quvchilar tomonidan foydalanilgan darsliklar to‘liq maktabga qaytarilmagan va shu bois darsliklar bilan ta’minlanishda muammo yuzaga kelmoqda.
Bundan tashqari karantin davrida ba’zi kitob bosmaxonalarida ham kitob chop etish bilan muammolar yuzaga kelgan.
Hozirgi kunda barcha maktablarni darsliklar bilan ta’minlash bo‘yicha barcha zaruriy choralar ko‘rilmoqda.
Darsliklar bilan to‘liq qamrab olinguniga qadar o‘quvchilarga elektron darsliklardan foydalanish tavsiya etiladi. Barcha sinflar uchun darsliklarining elektron nusxasi Xalq ta’limi vazirligining axborot ta’lim portali (www.eduportal.uz) va rasmiy veb sayti (www.uzedu.uz)ga joylashtirilgan.
Eslatib o’tamiz, o’quvchilarimizga qulaylik maqsadida barcha sinflar uchun electron darsliklarni saytimizning ushbu sahifasidan ham topishingiz mumkin.

Моему ребенку еще не дали учебник в школе. Когда школьники будут полностью обеспечены учебниками? На вопрос ответила пресс-служба телеканала HTV:
«Прошлый учебный год закончился пандемией, поэтому собрать все учебники у учеников в конце года не удалось. На сегодняшний день в 75% школ не налажен традиционный учебный процесс, поэтому использованные учащимися учебники не возвращены в школу в полном объеме, существует проблема с обеспечением учебниками.
Кроме того, в период карантина у некоторых книгоиздателей возникли проблемы с изданием книг.
Принимаются все необходимые меры для обеспечения всех школ учебниками.
Учащимся рекомендуется использовать электронные учебники до тех пор, пока они не будут полностью охвачены учебниками. Электронные копии учебников для всех классов доступны на информационно-образовательном портале Министерства народного образования (www.eduportal.uz) и на официальном сайте (www.uzedu.uz).
Обращаем ваше внимание, что для удобства наших учеников, на этой странице нашего сайта вы также можете найти электронные учебники для всех классов.

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:48:28