Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari jismoniy tarbiya fanidan dars bera oladimi?
Savol: Juda ko‘p joylarda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining aynan qaysi fanlardan dars berishi mumkinligi yuzasidan savollar kelib tushmoqda. Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari boshlang‘ichlar “Jismoniy tarbiya” fanidan dars berolmaydi desa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari bunday huquq berilgan demoqda. Bu haqda XTVning ikkita ko‘rsatmasi mavjud. Mana shu ikki xat bir birini inkor qilyapti. Bittasi T.Komilov tomonidan 2020 yilda imzolagan, ikkinchisi esa U.Sharifxodjayev tomonidan 2021 yilda imzolangan. Bu xatlarning birida ruxsat berilmagan, ikkinchisida esa ruxsat berilgan.
Savolga Ulug’bek Po’latov javob berdi:
Biz ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi mutasaddilari bilan bog‘landik. Bu holatga Respublika ta’lim markazi derektor o‘rinbosari Isroil Tillaboyev aniqlik kiritdi.
Haqiqatdan ham, 2020 yilning 10 avgustida Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari imzolagan ko‘rsatma xatida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining qaysi fanlardan dars berish huquqiga ega ekanligi haqida tushuntirish berilgan.
Unda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining diplomida “Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish” ixtisosligi berilgan bo‘lsagina ular “Jismoniy tarbiya” fanidan dars berishi mumkin ekanligi aytilgan.
Ammo keyinchalik boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchilarining ko‘plab talab va istaklarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarining ko‘rsatmasiga asosan 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab maktablarda boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha dars berish huquqiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga 1-4 sinflarda “Jismoniy tarbiya” fanidan dars berish huquqi beriligan. Normativ huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra eng oxirgi imzolangan hujjat yuridik jihatdan qonuniy kuchga ega bo‘ladi.
❕Demak 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab diplomida qanday mutaxaxasislik yozilganidan qat’iy nazar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari 1-4 sinflarda jismoniy tarbiya fanidan dars berishi mumkin.
❗️Shuni ham alohida qayd etib o‘tish lozimki, har qanday holatda ham o‘qituvchilarga dars soatlari “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida” nizom bilan belgilab berilgan ustuvor ketma-ketlik asosida taqsimlanadi.

Вопрос: Во многих местах есть вопросы о том, какие предметы могут преподавать учителя начальных классов. Учителя физкультуры говорят, что младшие школьники не могут преподавать «Физкультуру», но учителя начальных классов говорят, что им дано такое право. На этот счет есть две инструкции XTV. Эти две буквы противоречат друг другу. Один был подписан Т.Комиловым в 2020 году, а другой – У.Шарифходжаевым в 2021 году. Одна из этих букв не разрешена, а другая разрешена.
Улугбек Полатов ответил на вопрос:
Мы связались с чиновниками Министерства народного образования, чтобы прояснить этот вопрос. Эту ситуацию разъяснил заместитель директора Республиканского центра образования Исроил Тиллабоев.
На самом деле в инструкции, подписанной заместителем министра народного образования 10 августа 2020 года, разъяснялось, какие предметы имеют право преподавать учителя начальных классов.
Там сказано, что преподавать «Физическую культуру» могут только при наличии диплома учителя начальных классов по специальности «Начальное образование и физкультурно-воспитательная работа».
Но в дальнейшем, с учетом многочисленных требований и пожеланий учителей начальных классов, на основании поручений заместителя Премьер-министра Республики Узбекистан, начиная с 2021-2022 учебного года, начальное образование в школах имеют учителя, имеющие право преподавателям в области физического воспитания предоставляется право преподавания «Физической культуры» в 1-4 классах. Согласно Закону о нормативно-правовых документах последний подписанный документ будет иметь юридическую силу.
❕ Так, начиная с 2021-2022 учебного года, независимо от того, какая специальность написана в дипломе, учителя начальных классов могут преподавать физкультуру в 1-4 классах.
❗️Также следует отметить, что в любом случае учебные часы распределяются учителям исходя из очередности очередности, определяемой положением «О порядке завершения занятий в общеобразовательных учреждениях и формирования тарифных списков».

Joylangan vaqt: 2022-09-07 11:39:34