Javob bo‘yalmagan yoki barcha kataklar bo‘yalgan savolga nega ball berilgan?
Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida internetda tarqalayotgan ayrim javoblar varaqalarida bo‘yalmagan yoki barcha javoblar bo‘yalgan bo‘lsa-da, ball berilgan holatlarga izoh berdi.
«Ushbu holatda hech qanday qonun buzilishi aniqlanmadi. Bunda abituriyent tomonidan rasmda ko‘rinib turgan savollarga nisbatan e’tiroz bildirilgan va unga mos doiracha bo‘yalmasdan qoldirilgan. E’tirozni o‘rganish natijasida abituriyentning e’tirozi asosli topilib, unga ball berilgan.
Ta’kidlash kerakki, shundan so‘ng e’tirozli deb topilgan shu savol qaysi test topshiriqlari kitoblarida tushgan bo‘lsa, barchasiga ball berilgan. Tegishli doiracha bo‘yalmagan yoki o‘sha savolning barcha doirachalari bo‘yalgan bo‘lsa ham»

Сардор Раджабов, заместитель директора Государственного центра тестирования, сообщил на пресс-конференции в АОКА, что некоторые листы ответов, циркулирующие в Интернете, не были раскрашены или все ответы были раскрашены, но были выставлены баллы.
«В данном случае нарушений не выявлено. В этом случае заявитель возражал против вопросов, изображенных на картинке, и оставил кружок незакрашенным. В результате рассмотрения возражения, возражение заявителя было признано обоснованным, и ему был присвоен балл.
Следует отметить, что этот вопрос, считавшийся тогда спорным, получил баллы по всем контрольным тетрадям. Даже если не закрашен соответствующий кружок или закрашены все круги вопроса».

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:48:11