2020-2021 DTM test natijalarini bilish uchun videoyo’riqnoma
Abituriyentlar diqqatiga: test natijasini bilishning juda sodda usuli haqida
Huquqshunos va bloger Xushnudbek xudoyberdiyev test natijalarni qanday qilib bilish bo’yicha video tayyorladi. Uni biz ham e’tiboringizga havola etmoqdamiz.
«ABITURIYENT RUXSATNOMASI»ning pastki o‘ng burchagida «Natijani ko’rish uchun havola» degan yozuv ostida QR-kod bor.
O‘shaning rasmini Telegramdagi @QRcodegen_bot botga yuboring, o‘sha zahoti olgan balingizni ko‘rsatib beradi.
Yoki mana bu botlar:
@QRCodeRoBot
@CodeScanBot
Yuqoridagi videoda batafsil tushuntirilgan.
Yoki mana bu sahifada aytilgan usuldan foydalanib ko‘rishingiz mumkin.
Iltimos, hurmatli abituriyentlar! Test natijangizni bilib berish uchun shaxsiy kabinetingizning login yoki parolini, abituriyent ruxsatnomasidagi shaxsiy ma’lumotlar ko‘rsatilgan qismini begona shaxslarga yubormang! Shaxsiy ma’lumotlaringiz o‘zgalarning qo‘liga tushsa, ertaga turli g‘araz maqsadlarda foydalanishlari mumkin. Aldanib qolmang!!!
O‘zingiz ham bemalol natijani tekshirishingiz mumkin, bu Tik-Tokda video olish yoki Instagramga rasm joylashdan ham juda oson ish. Faqat ooooozgina harakat qilsangiz bo‘ldi.
Sizga omad tilayman!

Вниманию абитуриентов: об очень простом способе узнать результат теста
Юрист и блогер Хушнудбек Худойбердиев снял видео о том, как узнать результаты теста. Предлагаем вашему вниманию.
В правом нижнем углу «РАЗРЕШЕНИЕ ЗАЯВИТЕЛЯ» есть QR-код под надписью «Ссылка для просмотра результата».
Отправьте его изображение боту Telegram @QRcodegen_bot, который мгновенно покажет ваш результат.
Или эти боты:
@QRCodeRoBot
@CodeScanBot
Подробно описано в видео выше.
Или вы можете попробовать это на этой странице.
Пожалуйста, уважаемые соискатели! Не сообщайте логин или пароль от личного кабинета, часть персональных данных в разрешении абитуриента посторонним лицам на получение результатов ваших анализов! Если ваша личная информация попадет в чужие руки, завтра она может быть использована для других целей. Не дайте себя обмануть!!!
Вы можете легко проверить результаты самостоятельно, что намного проще, чем снимать видео в Tik-Tok или размещать фото в Instagram. Просто попробуй ооооооо.
Удачи тебе!

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:48:09