Uy ta’limi uchun tutilgan jurnal haqida
⚡️Uy ta’limi uchun tutilgan jurnal haqida ma’lumot bilan tanishing.
Uy ta’limida tahsil olayotgan o’quvchilarga olgan baholari haqida har bir fan bo‘yicha alohida yuritiladigan baholash daftari yuritiladi va qayd etib boriladi.
O‘quvchining baholash daftariga qo‘yilgan baholar o‘quvchi ro‘yxatda turgan maktabning sinf jurnaliga yoki o‘quvchilarning davomati va o‘zlashtirishini hisobga olish elektron tizimiga (kundalik.com ga) kiritib boriladi.
Ota-onalar tomonidan baholash daftariga o‘qituvchilar tomonidan dars mashg‘ulotlari o‘tkazilganligini tasdiqlovchi imzo qo‘yiladi.
O‘quvchi olgan baholarning sanasi va dars mashg‘ulotining mavzusi sinf jurnalidagi sana va mavzuga to‘g‘ri kelmasligi mumkin.
BAHOLASh DAFTARI quyidagi ketma-ketlikda bo’ladi
Sana➡️Mavzu nomi➡️O‘quvchiga qo‘yilgan baho➡️Uy vazifasi➡️Ota-onasining imzosi
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qarori
Mavzuga doir:
Uyda ta’lim, yana muhim savollarga javoblar
O’quvchilarga uyda yakka tartibda ta’lim berish to’g’risida ma’lumot
Kundalik.com bo‘yicha Xalq ta’limi vaziri buyrug‘i
Joylangan vaqt: 2022-11-29 21:29:47