Pedagoglarning namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish qay tartibda amalga oshiriladi?
⚡️Pedagoglarning namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish quyidagi tartibida amalga oshiriladi
Xalq ta’limi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 20-avgustda 3058 son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan)
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining pedagog xodimlari uchun bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi quyidagicha belgilanadi:
1-4-sinflarda haftasiga 18 soat;
5-11-sinflarda haftasiga 20 soat.
Ish reja ikki yo‘nalishdagi tadbirlar majmuasidan iborat tarzda shakllantiriladi:
o‘quv-tarbiya jarayoniga oid;
o‘quv-tarbiya jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayonga oid.
O‘quv-tarbiya jarayoniga oid yillik ish reja maktab rahbariyati tomonidan tasdiqlangan dars jadvaliga ko‘ra pedagog xodimlarga tarifikatsiya bo‘yicha ajratilgan dars soatlari asosida shakllantiriladi.
O‘quv-tarbiya jarayoniga oid yillik ish reja asosida pedagog xodim tomonidan o‘quv yili boshlanishidan oldin taqvim-mavzuiy reja tuziladi. Dars mashg‘ulotlari taqvim-mavzuiy rejaga asosan olib boriladi.
O‘quv-tarbiya jarayoniga oid yillik ish rejaning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan maktab direktori va o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari nazoratni amalga oshiradi.
O‘quv-tarbiya jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayonga oid yillik ish rejada har bir pedagog xodimning lavozim majburiyatlari hamda u bilan tuzilgan mehnat shartnomasida belgilangan vazifalar bilan bir qatorda o‘quvchilarni barkamol va ma’naviy yetuk inson etib tarbiyalash maqsadida ularning qobiliyat va iste’dodlarini rivojlantirishni nazarda tutgan holda, fanlarni o‘zlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli o‘quvchilar bilan alohida mashg‘ulotlar olib borishi hamda pedagog xodimning o‘z ustida mustaqil ishlashi nazarda tutiladi.
O‘quv-tarbiya jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayonga oid yillik ish rejada belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan pedagog xodimlardan hisobot talab qilinmaydi hamda tadbirlarni amalga oshirishning vaqt bo‘yicha hisobi yuritilmaydi.
O‘qituvchilarining dars va to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda sinf jurnalini yuritishdan tashqari boshqa pedagogik yuklamalar bo‘yicha hisobotlar va qo‘shimcha ma’lumotlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagog xodimlari tomonidan quyidagi hujjatlar yuritiladi:
Sinf jurnali (bosma yoki elektron);
Qarorning to’liq matni👉
https://lex.uz/docs/-3876821Mavzuga doir:
Barcha fanlardan metodbirlashma hujjatlari yuklab olishMaktablar reytingini aniqlash tartibi belgilandiMaktablar uchun innovatsion loyihalar. Dunyoning turli davlatlaridan ajoyib g’oyalarJoylangan vaqt: 2022-11-29 21:29:44