Qanday maktablar Qizil ro'yhatga kiritiladi?
Maktablar qanday qilib «qizil» ro‘yxatga kirib qolishi mumkin?
Hozirgi kunda «Qizil maktablar» degan atamani juda ko‘p eshityapmiz. Chunki maktablarni ayrim ko‘rsatgichlar bo‘yicha “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga tasniflash yo‘lga qo‘yilgan.
❕Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan, «qizil» maktablar ro‘yxatini shakllantirishda quyidagi mezonlar inobatga olinadi:
👉maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish natijalari;
👉maktabning reytingi — Vazirlar Mahkamasining «Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari reytingini aniqlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2021 yil 3 iyundagi 345-son qarorida belgilangan tartib bo‘yicha aniqlangan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari reytingi natijalari;
👉«Zamonaviy maktablar»ga qo‘yilgan talablar asosida baholash natijalari inobatga olinadi.
❗️Agar ta’lim muassasasi yuqorida sanab o‘tilgan mezonlarga javob berolmaydigan bo‘lsa, o‘sha maktab «Qizil maktablar» ro‘yxatiga kiritiladi.
Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatini shakllantirish mezonlari har bir o‘quv yili uchun takomillashtirilgan holda yangidan ishlab chiqiladi.
© Ulug‘bek Po‘latovMavzuga doir:
«Qizil maktab»ga borib ishlagan o‘qituvchiga katta miqdorda oylik maosh to‘lanadimi?Joylangan vaqt: 2022-11-29 21:29:41